O‘zbekistonlik Dilorom Turdiqulova Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

O‘zbekistonlik Dilorom Turdiqulova Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

O‘zbekistonlik Dilorom Turdiqulova Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Xalqaro qilichbozlik federasiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdiqulova ham bor.

"Turdiqulova bo‘lajak Olimpiadada shpaga yo‘nalishidagi bellashuvlarni boshqarib boradi", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Turdiqulova 2018 yildan beri xalqaro musobaqalarda faoliyat olib bormoqda. U ko‘plab nufuzli turnirlar, Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionatida ishlagan. Joriy yil Milanda o‘tgan dunyo birinchiligida ham shpaga yo‘nalishidagi final bahslarida referelik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!