O‘zbekistondan Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yetib bordi

O‘zbekistondan Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yetib bordi

Shanba kuni soat 8:00 da O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va zarur jihozlar bo‘lgan 15 ta yuk mashinasi jo‘natildi. Kechasi Qarag‘andiga gumanitar yordam yuklangan yuk mashinalari yetib keldi, deb xabar beradi Kazinform.

Qarag‘andiga O‘zbekiston delegasiyasi ham yetib keldi. Delegasiya tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursunpo‘lat Xudaybergenov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Shuhrat Jo‘rayev bor. Delegasiya Qozog‘istonning turli viloyatlarida suv toshqinidan jabr ko‘rganlarning barchasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

“Biz Qozog‘istonning g‘arbiy va shimoliy hududlari suv toshqinidan katta zarar ko‘rganini bilamiz va buni bir-birini qo‘llab-quvvatlayotgan ikki qardosh xalqning do‘stligi deb bilamiz. Bu biz uchun juda katta sharaf”, – dedi Bobur Usmonov.

Delegasiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, insonparvarlik yordami orasida bir necha ming tonna guruch, sho‘rva konservalari, konservalangan palov, mevali murabbo, kungaboqar yog‘i, makaron mahsulotlari, matraslar, yostiq va ko‘rpa-to‘shaklar, bolalar va kattalar uchun kiyim-kechak, chodirlar hamda 700 dan ortiq puflanadigan qayiqlar bor.

«Yuk allaqachon taqsimlangan, vagonlar yuklashga tayyor. Yurtimizning 6 ta viloyatiga bir-ikki kun ichida yuk yetkazib beriladi”, – dedi Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Serik To‘lenbergenov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!