O‘zbekistondagi masjidlar soni 2083 taga yetdi

O‘zbekistondagi masjidlar soni 2083 taga yetdi

O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘payib, 2083 taga yetdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan «Qaraqum Iyshan» masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi masjidlar soni 54 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi masjidlar soni 2020 yil 3 oktyabr kuni 2076 taga, 16 oktyabr kuni 2077 taga, 11 noyabrda 2078 taga hamda 12 dekabrda 2079 taga etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!