O‘zbekistonda yosh boshqaruv kadrlar Top-35talik ro‘yxatini tuzildi

O‘zbekistonda yosh boshqaruv kadrlar Top-35talik ro‘yxatini tuzildi

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti  ekspertlari bilan hamkorlikda bugungi kunda islohotlar markazida bo‘lib, O‘zbekistonda mas’uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlar Top-35talik ro‘yxatini tuzdi. Unda 40 yoshgacha bo‘lgan, boshqaruv lavozimida faoliyat yuritayotgan kadrlar o‘rin olgan. Ro‘yxatni shakllantirishda ularning tashabbuskorligi, yangi g‘oya va takliflarni ilgari surishi, o‘zgarishlarga ochiqligi inobatga olingan.

Haqiqatdan ham davrda yosh, progressiv fikrlaydigan va salohiyatli kadrlarga katta e’tibor qaratilib, ular strategik muhim sohalarga jalb etilmoqda.

So‘nggi 3 yil mobaynida vazirlik va idoralardagi muhim lavozimlarga yosh istiqbolli boshqaruv kadrlar tayinlandi. Ularning aksariyati xorijda tahsil olgan, amaliy tajribaga ega va o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olganlardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!