O‘zbekistonda yana 100 dan ortiq odam koronavirusga chalindi. 2 nafar qurbon bor

O‘zbekistonda yana 100 dan ortiq odam koronavirusga chalindi. 2 nafar qurbon bor

2020 yil 17 oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 913 (+104) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:
— 92 nafari Toshkent shahrida,
— 12 nafari Toshkent viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
— Toshkent shahrida 51 nafar, 
— Toshkent viloyatida 45 nafar,
— Jizzax viloyatida 13 nafar,
— Andijon viloyatida 10 nafar, 
— Namangan viloyatida 19 nafar, 
— Xorazm viloyatida 12 nafar, 
— Samarqand viloyatida 7 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, 
— Surxondaryo viloyatida 10 nafar, 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, 

—Sirdaryo viloyatida 15 nafar bemor tuzaldi. 

Ayni paytda yurtimizda 59 959 (+203) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 2 430 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!