PFL Ijroqo‘mi hakamlarni mavsum so‘ngigacha chetlatishni talab qildi

PFL Ijroqo‘mi hakamlarni mavsum so‘ngigacha chetlatishni talab qildi

Kecha — 9 aprel kuni Liga Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mitaning to‘qqiz a’zosidan sakkiz nafari ishtirok etdi, yana bir nafar a’zosi xorij safaridan ekanligidan kelib chiqib, yig‘ilishda qatnasha olmadi.

Liga tashabbusi bilan shoshilinch ravishda yig‘ilgan Ijroqo‘m kun tartibiga Superliga hakamlari tomonidan uchrashuvlar davomida so‘nggi vaqtlarda qabul qilinayotgan qarorlar, futbol jamoatchiligining bunga munosabati, shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq tushunarsiz holatlar mavzu sifatida kiritildi. Yig‘ilishni ochib bergan Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev so‘nggi vaqtlarda qator shubhalarni keltirib chiqargan holatlarni qayd etdi. Jumladan, jamoatchilik e’tiborida turgan 2025 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi, 2026 yilgi O‘zbekiston Superkubogi uchrashuviga Liga tomonidan katta tayyorgarlik ko‘rilgan, ular yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat ular yaxshi kayfiyatda emas, hakamlar bilan bog‘liq holatlar bilan tarixda qoldi.

“Biz bilgan va ishonayotgan VAR tizimi murakkab hisoblangan hakamlik faoliyatiga yordam berish, bahsli holatlarni ochib berish va ularni qayta talqin qilish hamda odilona qaror qabul qilishda hakamlarga ko‘makchi bo‘lishi lozim. Ilgari VAR 4 dona kamera yordamida ishlayotgani, mazkur masala takroriy lavhalarni qayta ko‘rib chiqishda hakamlarga qiyinchilik tug‘dirayotgani ma’lum edi. Liga mazkur yo‘nalishda ish olib borib, o‘tgan mavsum o‘zining ilk ko‘chma televizion stansiyasini xarid qildi va uni vodiydagi futbol uchrashuvlariga jalb qildi. Endilikda, vodiyda o‘tayotgan o‘yinlar nafaqat teletomoshabinlar talab va istaklaridan kelib chiqqan holda suratga tushirilmoqda, balki turli rakurslardan berilayotgan sifatli takroriy lavhalar bilan hakamlarga ham katta ko‘makchi bo‘lmoqda. Shunga qaramay, VAR aralashgan holatlardan keyin ham hakamlarning shubhali qarorlari to‘xtayotgani yo‘q. Liga nazdida VAR odilona qaror chiqarish uchun ko‘maklashishdan ko‘ra, kimlarningdir manfaati uchun xizmat qilayotgan mashinaga aylanib qolayotgandek. Biz bu kabi masalalarga yo qarshi turishimiz yoki bu kabi holatlar davomiy bo‘lishiga ko‘nikishimiz kerak. Mamlakatimiz rahbari futbolni rivojlantirishga bosh-qosh bo‘layotgan, O‘FA prezidenti unda shaffoflik va adolat bo‘lishi lozimligini bir necha bor ta’kidlayotgan vaqtda Liga va klublar bu siyosatni qo‘llashimiz, futboldagi illatlarga beparvolik bilan emas, o‘z pozisiyamiz bilan javob berishimiz shart”, — deb Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Assosiasiya muassisligida tashkil etilgan. 2025 yilning 8 yanvar sanasida uning rahbariyatida o‘zgarish yuz berib, keyinchalik Assosiasiya tomonidan Markazga sobiq hakam Ma’mur Saidqosimov bosh direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida jalb etildi. Assosiasiya rejasi bo‘yicha texnik direktor Gi Kiala hakamlik sohasini isloh qilish uchun mas’ul sifatida ko‘rsatilgandi. O‘tgan vaqt davomida belgiyalik mutaxassisning bu borada qanday faoliyat olib borgani Ligaga ma’lum emas.

Liga esa o‘z bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarga hakamlarni jalb etish uchun Futbol hakamlari markazi bilan shartnoma imzolagan va uchrashuvlarda hakamlar faoliyatini moliyalashtirish bilan cheklanadi. Hakamlarni o‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni uchrashuvlarga tayinlash, hakamlar bilan bog‘liq har qanday boshqa holatlarni tartibga solishda O‘zFHM Assosiasiya bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Liga va Markaz o‘rtasidagi shartnomaning 3.1-bandida musobaqalarda faoliyat olib borayotgan hakamlar jamoasining shu musobaqa doirasidagi o‘zaro hamda klub rasmiylari bilan maxsus texnikalar va VAR uchun yozib olingan audioyozuvlarni talab qilish Liga huquqi sifatida belgilangan. Superliga 6-turi doirasida o‘tkazilgan “Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli holatdan keyin Liga Markazdan VAR bilan bog‘liq audioyozuvlarni talab qilganiga qaramay, Markaz turli bahonalar bilan mazkur jarayonni paysalga solgani Liga shubhalarini oshirdi. Shundan kelib chiqib, Liga Assosiasiya prezidentiga mazkur holatlar bo‘yicha rasman shikoyat kiritishga qaror qildi.

“Bizni ajablantirgan jihat shundaki, “Qo‘qon-1912” — “Nasaf” uchrashuvining 78-daqiqasida ro‘y bergan holatni bosh hakam Rustam Lutfullin dastlab to‘g‘ri baholab, o‘yinni davom ettirdi. Keyinchalik VAR hakami Ibrohim Ismoilov vaziyatni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritdi. Yakunda hakam o‘z qarorini o‘zgartirdi. Biroq o‘sha kunning o‘zida Ekspert hakamlar guruhi holatga zudlik bilan reaksiya bildirib, VAR bu kabi holat uchun bosh hakamni chaqirib adashganini, shuningdek, holat bo‘yicha bosh hakam xato qaror qabul qilganligini qayd etdi”, — deya so‘zida davom etdi Liga rahbari.

“O‘tgan mavsum Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Nasaf” uchrashuvida ham bahsli holat ro‘y berib, o‘shanda ham Rustam Lutfullin “Nasaf” darvozasiga shubhali penalti belgilagandi. Qayd etish kerak, o‘sha kungi uchrashuv texnik xatolik sabab translyasiya qilinmadi va tabiiyki, uchrashuvda VAR ishlatish imkoniyati bo‘lmadi. Bunday holat uchun Liga hakamni aybdor qilishdan tiyildi. Biroq kechagi uchrashuvda takroriy lavhalar turli rakursdan bo‘lgan holatda ham hakamlar xato qaror qabul qilayotgan bo‘lsa, unda VAR funksiyasi nimadan iborat?”

Ijroqo‘m a’zolari tomonidan o‘zaro tiyib turish funksiyasi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi. O‘yin natijasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgan xatolar qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibati ekanligini aniqlash mushkul jarayon. Bu kabi xatolar uchun hakamlar odatda bir nechta uchrashuvga chetlashtiriladi va keyinchalik faoliyatini qayta davom ettiradi. Shundan kelib chiqib, xatolarni minimallashtirish, bunda o‘yin natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatolardan keyingi choralarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijroqo‘m a’zolari so‘nggi vaqtlardagi holatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirib, bu borada Liga pozisiyani qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Zero, buning oqibatida har safar qator klublar murakkab vaziyatda qolayotgani bor gap. Biz birinchi navbatda futbol jamoatchiligining millionlar o‘yiniga bo‘lgan munosabati, ularning futbolga ishonchi, bu kabi xatolar sabab keyinchalik klublarda iste’folar ro‘y berayotgani, futbolchilarning kurashuvchanlik darajasi kabi masalalarni e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.

Liganing O‘zFHM bilan tuzgan shartnomasining 3.1-bandi bo‘yicha huquqlari orasida hakamlar jamoasining musobaqalarni boshqarishdan ma’lum muddatga chetlashtirish bo‘yicha markazga yozma so‘rov kiritish masalasi belgilab qo‘yilgan. O‘tgan mavsum Liga mazkur huquqdan foydalangan holda Naim Qosimov hamda Doston Rahmonovni mavsum so‘ngiga qadar Liga musobaqalaridan butunlay chetlashtirish bo‘yicha talab kiritgandi. Liga Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida mazkur masala eslab o‘tildi hamda o‘zaro tiyib turish funksiyasi sifatida, shuningdek, qolgan hakamlarga o‘rnak bo‘lishi uchun ham bu kabi talablarga jiddiy e’tibor qaratish shartligi ta’kidlandi.

Shundan kelib chiqib, Ijroqo‘m a’zolarining barchasi bir ovozdan hakamlar Rustam Lutfullin hamda Ibrohim Ismoilovni mavsum so‘ngiga qadar Superliga, Proliga, O‘zbekiston kubogi kabi musobaqalardan chetlashtirish bo‘yicha O‘zFHMga so‘rov kiritish masalasida to‘xtaldi. Shuningdek, ularning mavjud xalqaro toifaga munosib ekanligini o‘rganish masalasida amaliy yordam berishni so‘rab Assosiasiya prezidentiga murojaat kiritish bo‘yicha kelishildi.

Murojaatda O‘zFHM Liganing qonuniy talabini nima sababdan bajarmayotgani, shuningdek, VAR texnikasi va VAR markazining faoliyatida shaffoflikni yanada oshirish uchun undagi barcha jarayonlar konfidensiallikni ta’minlash hamda VAR protokoli shartlariga to‘liq rioya etilishi shartida yanada jiddiyroq nazorat qilinishi lozim. Buning mexanizmi kelajakda qanday ishlashi Assosiasiya, Liga va klublar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida to‘liq reglamentlashtirilishi muhim hisoblanadi.

Liga mamlakatimiz rahbarining bevosita tashabbuslari bilan bunyod etilgan Milliy futbol markazi va unda tashkil etilgan zamonaviy VAR markazi mamlakat futbolini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam ekanligini e’tirof etadi. Ishonamizki, Liga Ijroiya qo‘mitasi tomonidan hakamlik borasida bildirilgan e’tirozlar O‘zFHM tomonidan tanqidiy ruhda o‘rganib chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Шу билан бирга, Opta статистика портали FIFA Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоасининг чемпионлик имконияти 0,07% деб баҳоланган.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Zo'r TV telekanali 30-may kuni Yevropa chempionlar ligasining final o‘yinini jonli translyasiya qiladi

Европа чемпионлар лигаси финалидан ўрин олган "ПСЖ" - "Арсенал" баҳси 30-май куни Zo'r TV телеканали орқали жонли трансляция қилинади.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

2064 yilga kelib insoniyatning yarmi yo‘qolib ketishi mumkin.

Шундан кейин инсоният ўз сонининг ярмини йўқотиши эҳтимоли бор — ва бу жараён бир неча ўн йил ичида содир бўлиши мумкин.

Eronda Oyatulloh Ali Xomanaiy dafn marosimiga tayyorgarlik boshlandi

Муҳсин Маҳмудийнинг сўзларига кўра, маросим вақти ҳозирча аниқ эмас. Аммо дафн маросимини ташкил этиш учун махсус штаб тузилган.

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimining uyidan 40 million dollarlik 303 ta oltin quymasi topildi

Тинтув пайтида ФҚБ шунингдек, 2 миллион долларга яқин нақд пул ва 35 та люкс тоифасидаги соатларни ҳам топган.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.