O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi

O‘zbekiston Markaziy Banki “Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqladi. Sobiq deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida mazkur Nizom nusxasini e’lon qildi.

Endilikda O‘zbekistondagi mikromoliya tashkilotlari nizom talablari asosida mijozlarga islomiy moliyalashtirishga oid islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.

Jumladan, o‘zbek mikromoliya tashkilotlari islomiy ijara, foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba), nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha), sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka), oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish (salam) xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!