O‘zbekistonda ikkita “Afrosiyob” poyezdida intranet tizimi ish boshladi

O‘zbekistonda ikkita “Afrosiyob”  poyezdida intranet tizimi ish boshladi

Ikkita “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida intranet tizimi ish boshladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu intranet tizimida “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida yo‘lovchilar, nafaqat mamlakatimiz balki dunyoda yuz berayotgan yangiliklar va o‘zgarishlar haqida ma’lumotlarni ko‘rib, o‘qib hamda tomosha qilib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, intranet tizimida yo‘lovchilarga musiqa tinglab, klip va filmlar tomosha qilish imkoniyatlari yaratiladi.

Bugundan boshlab bu tizim «Toshkent — Buxoro» yo‘nalishida harakatlanadigan 762-sonli hamda «Toshkent— Qarshi» yo‘nalishida harakatlanadigan 760-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida ishga tushirildi. Joriy yil 21 sentyabrdan boshlab, 766-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida ham intranet tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu tizim bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yaqin kunlarda yana 2 ta “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida ham ishga tushirish ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!