O‘zbekistonda "hindcha shtamm" aniqlangani rostmi? Otabekov javob berdi

O‘zbekistonda "hindcha shtamm" aniqlangani rostmi? Otabekov javob berdi

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda ilk bor koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bu esa jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan SSV Matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Atabekovga murojaat qildi:

— Darhaqiqat, bugun yurtimiz ommaviy axborot vositalari va internet saytlarida Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan berilgan ma’lumot – ya’ni vazirlik huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlangani to‘g‘risida xabarlar berildi.

Aslida yurtimiz aholisi O‘zbekiston hududiga koronavirusning yangi shtammi kirib keladigan bo‘lsa, bunga jiddiy e’tibor berishga odatlanib qoldi. Eslasak, bundan avval mamlakatimizda “COVID-19”ning “britancha” shtammi ilk bor aniqlanganda ham aynan mana shunday munosabatlar, shu kabi shov-shuvlarning guvohi bo‘lganmiz. Aslida butun Yer yuzidagi murakkab pandemiya sharoitida bu narsani to‘g‘ri va normal holat sifatida qabul qilish lozim.

Dunyo miqyosida koronavirusni ilmiy izlanishlar maqsadida doimiy kuzatib borayotgan ilg‘or laboratoriyalar mutaxassislari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda “COVID-19” kasalligining 5000 ta, ayrim soha vakillarining fikricha esa 7000 dan ko‘proq mutasiyaga uchragan shtammlari paydo bo‘lgan. Mutasiyaga uchragan shtammlar faqat kasallikning tarqalish tezligi, uni yuqtirib olgan odamlarda yengil yoki og‘ir o‘tishi, yosh toifasida farq bo‘lishi mumkin.

Aytish mumkinki, aslida koronavirusning mutasiyaga uchragan va uchramagan hamma shatmmlarining eng asosiy mikroorganizmi “COVID-19” shtammi bo‘lganligi va ushbu shtamm bilan chaqirilgan kasallikning klinik belgilari, laboratoriya tashxisi, profilaktikasi, oldini olish choralari, vaksinalardan foydalanib, himoyalanish darajasi bir xil bo‘lgani uchun ularni chuqur etiologik omilini aniqlash va qanday virus ekanligini oxirigacha tekshirib borishga ehtiyoj yo‘q.

Ilg‘or texnologiyalar markazida koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlangani to‘g‘risidagi xabarga kelsak, dastlabki laborator teshiruv natijalari ushbu taxminni katta ehtimol bilan tasdiqlamoqda. Ammo to‘g‘ri xulosaga kelish uchun yakuniy tahlillarni to‘liq o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!