O‘zbekistonda Captiva-5 qachondan sotuvga chiqishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda Captiva-5 qachondan sotuvga chiqishi ma’lum bo‘ldi

Chevrolet Captiva-5 oktyabr oyi yakunida sotuvga chiqarilishi mumkin. Bu haqda “O‘zavtosanoat” vakili ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, hozirda yangilangan Chevrolet Captiva sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Agar test jarayoni muvaffaqiyatli o‘tsa, Captiva-5 oktyabr oyi oxirida sotuvga chiqariladi. Avtomobil narxi esa sotuv boshlanishidan avval e’lon qilinadi”, — deya ta’kidladi kompaniya vakili.

Qo‘shimcha qilinishicha, avtomobillar Xitoydan olib kelinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!