O‘zbekistonda 2024 yilda hududiy investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 11,6 milliard dollar bo‘lgan 7656 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda 2024 yilda hududiy investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 11,6 milliard dollar bo‘lgan 7656 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

Qirg‘izistonning «Kabar» milliy axborot agentligi «O‘zbekistonda 2024 yilda hududiy investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 11,6 milliard dollar bo‘lgan 7656 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan» sarlavhali maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishning asosiy tamoyillaridan biri bu respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish natijalariga asoslangan hududiy rivojlanishning keng miqyosda va parallel ravishda amalga oshirilishi hisoblanadi. Bunda hududlarning resurs bazasi, ishlab chiqarish, transport-logistika salohiyati yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan turli xil mahsulotlarga talab o‘rganiladi», — deyiladi maqolada.

O‘zbekiston Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotida qayd etilishicha, har yili o‘tkaziladigan tahlillarga ko‘ra amalga oshiriladigan hududiy investisiya dasturlari (HID) shakllantiriladi va Hukumat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi. Yangi imkoniyatlarni aniqlashni hisobga olgan holda, loyihalar ro‘yxati yil davomida kengaytirib boriladi.

Nashrda ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda qabul qilingan investisiya dasturlarining xarakterli tendensiyasi mahsulot sifatini keskin oshirish, ishonchli iqtisodiyotga xos bo‘lgan qo‘shimcha qiymatni shakllantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida miqdoriy ko‘rsatkichlardan voz kechishdir. Ushbu tendensiya joriy yildagi hududiy investisiya dasturlarida ham o‘z aksini topdi.

«Hududiy investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 11,6 milliard dollar bo‘lgan 7656 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. O‘tgan yili deyarli ikki baravar ko‘p, ya’ni 14120 ta loyiha amalga oshirildi, ularning umumiy qiymati 8,3 milliard dollarni tashkil qildi», — deb xabar qilgan agentlik.

Har bir loyihani amalga oshirish jarayoni alohida, murakkab vazifa bo‘lib, uning doirasida Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining Ishchi guruhlari tomonidan hududlarda tizimli ravishda o‘rganish ishlari olib borilib, loyiha tashabbuskorlarini bevosita manzilli qo‘llab-quvvatlamoqda.

Natijada birgina 2024 yilning yanvar oyidayoq 466 ta loyiha ishga tushirildi. Yuqori shijoat bilan ish boshlaganlar kuchli uchligidan Qashqadaryo (67 ta loyiha yoki viloyatdagi loyihalar ro‘yxatining 10,7 foizi), Jizzax (20,9 foiz yoki 65 ta loyiha) va Surxondaryo (10 foiz yoki 45 ta loyiha) viloyatlari joylashgan.

«HID loyihalarini amalga oshirilishi, ishlab chiqarish va eksport hajmini sezilarli darajada o‘sishi hamda O‘zbekistonning barcha hududlarida 220 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlash imkonini beradi», — deb yozgan «Kabar ».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!