O‘zbekistonda 2023 yil yanvar-may oylarida 41 trln so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-may oylarida respublikada savdo xizmatlari hajmi 41 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 23,6 % ni tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,9 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida savdo xizmatlarining hajmi, mlrd so‘mda:
— Qoraqalpog‘iston R. – 1 013,5
— Andijon viloyati – 2 433,3
— Buxoro viloyati – 2 201,3
— Jizzax viloyati – 1 078,7
— Qashqadaryo viloyati – 2 231,3
— Navoiy viloyati — 1 295,2
— Namangan viloyati – 2 132,1
— Samarqand viloyati – 2 830,1
— Surxondaryo viloyati – 2 023,3
— Sirdaryo viloyati – 574,2
— Toshkent viloyati – 3 882,7
— Farg‘ona viloyati – 3 018,5
— Xorazm viloyati – 1 113,3
— Toshkent shahri – 15 203,7
