O‘zbekiston yoshlari 50 dollarga sotib olayotgan «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» diplomlari aslida soxta ekan

A A A
O‘zbekiston yoshlari 50 dollarga sotib olayotgan «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» diplomlari aslida soxta ekan

Barcha yetakchi rasmiy va nodavlat OAVlarda «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» diplomini olgan o‘zbekistonlik yoshlar haqida maqtovli materiallar e’lon qilingan edi. Ammo afsuski, 50 dollar qiymatga sotib olinayotgan mukofot haqida hech kim bafurja surishtiruv o‘tkazmagan.

Rost24.uz soxta diplom o‘yinlarini fosh qilgani haqida yozmoqda.

"O‘tgan ikki yildan beri ko‘plab talabalar «Bobek» nomli umummilliy harakat (Qozog‘iston) tomonidan berilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining «Eng yaxshi yosh olimi» maqomi, ko‘krak nishoni va birinchi darajali diplomlarini ko‘z-ko‘z qilishayotganini guvohi bo‘lyapmiz.

Hatto davlat va notavlat OAV ham bu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar haqida xabarlar tarqatdi. Masalan, Zo‘r Tv telekanalida bu haqida maxsus lavha ketgan bo‘lsa, O‘zA, Kun.uz, Xalq so‘zi kabi OAV da hamda Xalq ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalari saytlarida maqtov ma’nosidagi materiallar joylandi. Lekin, MDHning «Eng yaxshi yosh olim»lari yomg‘irdan keyin chiqqan qo‘ziqorindek ko‘paydiki, ularni qaysi biri aslida eng yaxshisi?», degan tabiiy savol tug‘iladi.

Ma’lumotlarni tahlil qilsangiz, bir yo‘nalishda qatnashgan bir nechta talabalarning hammasi «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» diplomini olishganiga guvoh bo‘lasiz. Haqiqiy tanlovlarda odatda bunday bo‘lmaydi va bir yo‘nalishda bir kishi g‘olib bo‘ladi.

Bu «mukofot»larni taqdim etayotgan tashkilot joylashgan manzil Qozog‘istonning Nursulton shahri, Almati tumani, YE-49 ko‘cha, 3/1 uy, 1 pode’zd, 3 etaj, 24 xonadon bo‘lib ya’ni bu manzil turar joy tipidagi uy sanaladi. Assosiasiya shaklidagi yuridik shaxslar birlashmasi «Bobek» umummilliy harakati" rahbari Abiyev Yerkebulan Muratovich bo‘lib, hozirda 29 yoshda, Moskva davlat universiteti aspiranti. Tashkilot 2018 yil 19 iyunda ro‘yxatdan o‘tgan.

Eng qizig‘i ushbu tashkilot saytida Tahrir hay’ati bo‘limida (http://bobek-kz.com/team) hech kimning ismi, familiyasi yo‘q. Hamdo‘stlik davlatlarining ilmiy integrasiyasini kuchaytirib, olimlar, doktorantlar, talabalarning maqolalarini qabul qilib ko‘plab to‘plamlar chop etganlarda tahrir hay’ati yo‘q. Buni qanday tushunish mumkin. Demak, pulini bersa, xohlagan maqolani e’lon qilish va ko‘krak nishoni olish mumkin degan gaplar rost.

Bu ilmni biznesga aylantirganlarni esa na bu talabalarni ko‘klarga ko‘tarib maqtayotgan oliy ta’lim muassasasi va na vazirlik mutasaddilari surishtirmagan, nazoratga olmagan.

Eng yomoni respublika tanlovlarida yoki maxsus stipendiyalar tayinlanishida bu diplomlar ham topshirilgan. Ularni ha’yyat a’zolari inobatga olmagan deb kim kafolat bera oladi?

MDHda «yagona» bo‘lishning narxi qancha?

Tanlovda ishtirok etish uchun to‘lov haqida ma’lumotlarni tashkilotchilarning saytidan topa olmadik. Biroq, ushbu tanlovda qatnashib, «g‘olib» bo‘lganlar bilan suhbatlashilganda ular 50-70 AQSh dollari atrofida pul berganliklari aniqlandi. Bu haqda Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi, tarixchi Sharofiddin Hoshimjonov o‘z tajribasida bo‘lgan voqeadan misol keltirdi:

- Avval Andijon davlat universiteti axborot xizmatida ishlar edim. Iyun oyida bir talabamiz MDHda «Yilning eng yaxshi yosh olimi» deb topilgani haqida xabar qilishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildik. Hammasi shundan keyin boshlandi. Ketma-ket shu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar haqida xabarlar kela boshladi, hammasining ilinji bir, universitet rasmiy sahifalarida e’lon qilish kerak. Shundan so‘ng o‘ylanib qoldik va tekshirishga qaror qildik. Bildikki, o‘zimizning talabalarimizdan biri ularning ko‘piga o‘rtada turib ushbu «medal»ni pulga olib beryapti. Talabalar rasmiy sahifalarda yoritilmasligini eshitgach, tanlov yolg‘on asosiga qurilganini aytib unga bosim o‘tkazishgan. U har bir nomzoddan 65 AQSh dollaridan olib, 50 AQSh dollarini to‘lov uchun, o‘ziga 15 AQSh dollarini xizmat haqi uchun olib qolgan.

Yana bir e’tiborli jihati birgina ilmiy maqola bilan eng yaxshi yosh olimni aniqlash mumkinmi? Tashkilot saytidan esa unda ishtirok etish va o‘tkazilish tartibi haqida ma’lumotni yo biz ko‘rmadik yoki rostdan ham ular yo‘q. Bunday qalbaki g‘oliblarni katta-katta rasmiy axborot agentliklari, internet nashrlari tekshirib o‘tirmay yulduzga aylantirishdi, qaysidir viloyat hokimi qo‘sha-qo‘sha sovg‘alar ham berdi. O‘zi kimdir bu tanlovda 2 yoki 3 o‘rinni oladimi? Bunday tanlovlarda aslida bu o‘rinlar ham maqtasa arzigulik ish, lekin negadir bunday o‘rin olganlar hech qayerda e’lon qilinmadi.

Saytimizga bu ma’lumotlarni ochiqlagan Sharofiddin Hoshimjonov tanlovda ishtirok etganlardan biri bilan suhbatlashgan:

Sizni izlanuvchan talaba sifatida aytishadi, ilmiy tadqiqot ishi bilan shug‘ullanishingizni ham eshitganman. Ular bilan qanday bog‘landingiz?

Ismi sir qolishini iltimos qilgan talaba esa bu tanlovda qatnashishni unga ilmiy rahbari tavsiya qilganini aytgan.
- Maqola yozdim, tarjima qildim, plagiatda tekshirdim. Keyin, yutuqlarim to‘la papka ya’ni (pdf. formatda) maqola bilan birga yubordim. Ular 40$ to‘lasangiz maqola chop etilgan jurnalning aslini yuboramiz deb yozishdi. O‘ylab qoldim chetga maqola chiqarish ham 350 ming atrofida, keyin ha mayli, - deb yubordim. 1, 2, 3 o‘rinni olish olmasligim noaniq dedi. Keyin, Allohga tavakkal qilib topshirdim. Ilmiy ishim mavzusi va maqola haqiqatda zo‘r edi, afsusdaman. Men ular bilan elektron pochta orqali gaplashganman, to‘lovni o‘zlariga bank orqali to‘laganman. O‘rtakashlar 55 yoki 60 AQSh olyapti. Ular pochtadan yuborishdi, omborga borib olib keldim. Nomi ulug‘ surpasi quruq ekan, mana yuribmiz. Maqolamni keyin OAK jurnaliga berdim. Og‘zim kuydi.

Nega yoshlar o‘rtasida bu tanlovga qiziqish juda kuchayib ketdi deb o‘ylaysiz?

- Bilmadim, katta-katta saytlar, hatto televizorda ham ko‘rsatishdi buni g‘oliblarini. Navoiy viloyatidamikin hokim sovg‘a ham berdi. Bu esa boshqalarning pulini sarflab bo‘lsa ham shunaqa shuhratga erishish uchun harakat qilishiga sabab bo‘lyapti.

Siz shunaqa tanlov g‘olibi bo‘lgan universitetimizning nechta talabasini bilasiz? Kimdir sizdan qanday olganingizni so‘raganmi?

- O‘hho‘, anchaku. 11 kishini bilaman ekan. Deyarli hamma fakultetdan bor. Masalan, Fizikadan ikkita talaba olgan. Ismlarini aytaman sizga, lekin chiqarmang maqolangizga. Men olgandan so‘ng, maslahat so‘rashdi keyin aytdim. Pul sizniki undan biron jurnalga bering. Agar medal kerak bo‘lsa Leninskiyda 15 ming so‘mga beradi dedim. Yozuvi bilan kerak bo‘lsa, shunga bering. Lekin mana bizniki ham uyda sandiqni bezab turibdi, - dedim. Men olganman. Keyin boshqalarga maslahat bermaganman. Olishmadi.

Xullas, talab bo‘lmasa taklif bo‘lmaydi. Shunday oson yo‘l bilan, pul to‘lab yolg‘on maqom olishdan qayting!!!

Saytimiz bilan yaqindan hamkorlik uchun Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi, tarixchi Sharofiddin Xoshimjonovga minnatdorchilik bildiramiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.