O‘zbekiston yana bir yangi reytingga kirdi!

O‘zbekiston yana bir yangi reytingga kirdi!

Butunjahon oltin kengashi (World Gold Council) joriy yil sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p oltin saqlovchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Reytingda oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston 17-o‘rinni egalladi. Hisobotda mamlakat 325,7 tonna oltin saqlashi ma’lum qilinadi. Bu respublikada mavjud umumiy zaxiraning 56,2 foizini tashkil etadi.

Qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston 377,3 tonna oltin bilan 15-o‘rinni band etgan.

Reytingda birinchi o‘rinda AQSh (8133,5 tonna), ikkinchi o‘rinda Germaniya (3366,8 tonna) va uchinchi o‘rinda Xalqaro valyuta fondi (2814 tonna) qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!