O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi

Toshkentda birinchi O‘zbekiston – Turkmaniston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari Esenmurad Orazgeldiyev qatnashmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Sardor Umurzakovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga o‘sgan, joriy yil sakkiz oyida 25 foizga oshgan.
Bosh vazir o‘rinbosani joriy yilda O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi benefisiari maqominiolganini eslatib o‘tdi va bu 6 mingdan ziyod turdagi tovarlarni Yevropaga bojsiz olib kirish imkonini berishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat tadbirkorlari sanoat va eksportni hamkorlikda rivojlantirish uchun bu imkoniyatlan birgalikda foydalanishlari mumkin.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 527 million dollarni tashkil etgan. Joriy yil yanvar-avgustida bu ko‘rsatgich 418,1 million dollarga teng bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!