O‘zbekiston va Belarus dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekiston va Belarus dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Belarus sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevich, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmasevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev va Rossiyaning “InterLek” MCHJ rahbariyati uchrashuv o‘tkazdi.

Unda inson qon plazmasidan dori vositalarini bevosita ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Belarusning Transfuziologiya va tibbiy biotexnologiyalar ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari ixtiro qilgan innovasion texnologiyalar asosida qo‘shma korxona tashkil etish haqida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, ikki davlat hududida inson qon plazmasidan dori vositalarini ro‘yxatga olish masalalari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!