O‘zbekiston Ukrainadan dorilar importini to‘xtatdi - OAV

O‘zbekiston Ukrainadan dorilar importini to‘xtatdi - OAV

O‘zbekiston Ukraina dorilarining importini bloklab qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Apteka» Ukraina tibbiyot va mikrobiologiya sanoati ish beruvchilar tashkilotlari birlanshmasiga (TMSITB) asoslanib.

Birlashmadan xabar qilishlaricha, so‘nggi bir necha hafta davomida farmasevtika mahsulotlari bojxonada turibdi, biroq O‘zbekiston bojxona xizmati nima uchun u bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmayotgani haqida tushuntirish berayotgani yo‘q.

Shu munosabat bilan TMSITB ushbu vaziyatga aralashishi va masalaga yechim topish maqsadida amaliy yig‘ilish o‘tkazishi uchun mamlakat bosh vaziri birinchi o‘rinbosari - Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan Kubivga murojaat qildi.

Birlashmadan taxmin qilishlaricha, bojxona rasmiylashtiruvi jarayoni to‘xtatilishi O‘zbekiston hukumatining Ukrainada O‘zbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan surishtiruv boshlanganiga javobidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina O‘zbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan tekshiruv boshlaganixabar qilingandi.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!