«O‘zbekiston temir yo‘llari» «obnal firma»larga aralashib qolishida DSQning ham aybi borligini ma’lum qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» «obnal firma»larga aralashib qolishida DSQning ham aybi borligini ma’lum qildi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan aniqlangan «naqdlashtiruvchi korxonalar»ning yarmidan ko‘pi davlat yoki davlat ulushi mavjud korxonalar ekanligi aytilgandi. Bu kabi korxonalar orqali «pul aylantirgan» davlat korxonalari ro‘yxatiga byudjetga 2,3 trillion so‘m zarar keltirgan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yetakchilik qilgan. Kompaniya ushbu holat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, har bir holatni alohida chuqur tanqidiy ko‘rib chiqilishi natijasida taqdimnomada keltirilgan 18,8 milliard so‘mlik holatdan 530 million so‘mlik shartnomalarda (2,8 foiz) bitim tuzgan mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar to‘lashi lozim bo‘lgan QQSni to‘lamagan.

Tadbirkorlar tomonidan to‘lanmagan 69 million so‘m QQS aybdor shaxslardan undirilgan va o‘rnatilgan tartibda soliqqa yo‘naltirilmoqda.

«Shubhali kontragentlar bilan tuzilgan shartnomalarning aksariyat qismi tovar-xom ashyo birjasi savdo platformalari orqali rasmiylashtirilgan. Ushbu yo‘nalishda ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ AJ Davlat soliq qo‘mitasiga kontragentlarni ishonchli soliq to‘lovchi korxonaligi o‘rganilganidan so‘ng tovar-xom ashyo birjasi savdo platformalariga qo‘yilishi bo‘yicha o‘z taklifini kiritdi» – deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati o‘zining «ishonchli soliq to‘lovchi» imijini saqlab qolish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!