O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi

A A A
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi

Hurmatli delegasiyalar rahbarlari!

Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman.

Hamkasblarimning so‘zlariga qo‘shilgan holda, Rossiya Federasiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu uchrashuvimizni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Hech shubhasiz, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga samarali raisligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surishga xizmat qiladi.

Hurmatli hamkasblar!

O‘zbekiston YEOII huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida Birlashma doirasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ko‘p tomonlama tadbir va loyihalardagi faol ishtirokini davom ettirmoqda.

Birinchidan, savdo munosabatlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, yangi o‘sish nuqtalari va imkoniyatlarni izlash bo‘yicha birgalikda samarali ishlar olib borildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YEOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga ko‘paydi. Barqaror o‘sish sur’atlari joriy yilda ham kuzatilmoqda.

Ikkinchidan, biz sanoat kooperasiyasi sohasida jiddiy yutuqlarga erishdik. Faqatgina keyingi yillarda yurtimizda Birlashma tarkibidagi mamlakatlarning kompaniyalari ishtirokida ustuvor tarmoqlarda yuzlab loyiha va korxonalar ishga tushirildi.

Uchinchidan, ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqotni rag‘batlantirish uchun, jumladan, mamlakatlarimiz hududlarining mavjud salohiyatidan foydalangan holda, samarali platformalar yaratildi.

An’anaviy tus olgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasini bunga misol sifatida keltirmoqchiman. Aprel oyida ushbu ko‘rgazma uchinchi bor Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazildi, unda mamlakatlarimizning ikki mingdan ziyod kompaniyalari ishtirok etdi. Ko‘rgazma yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan investisiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

To‘rtinchidan, biz institusional mexanizmlarni mustahkamlayapmiz – Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikni rivojlantiryapmiz, YEOII organlarining tadbirlarida faol ishtirok etmoqdamiz.

Uch yilga mo‘ljallangan Birgalikdagi ishlar rejasi doirasida qonunchilikni xalqaro normalarga uyg‘unlashtirish, iqtisodiyotni tartibga solish borasida tajriba almashish, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikasiya sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha 200 dan ziyod tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston savdo tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha hamda transport, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va turizm sohalaridagi alohida dasturlar va tarmoq loyihalarida ishtirok etishni boshladi.

Yaqin istiqboldagi rejalarimizdan qo‘shma Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini shu yilning avgust oyida o‘tkazish o‘rin olgan.

Shu bilan birga, joriy vaziyat tahlili yo‘limizda to‘siq bo‘layotgan bir qator omillar va hal qilinmagan masalalar ham borligini ko‘rsatmoqda. Bu o‘rinda kuzatuvchi davlatlarning Birlashma doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish mexanizmlari yo‘qligi haqida so‘z bormoqda.

Bundan tashqari, YEOII mamlakatlaridagi savdoga, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, energiya resurslari va boshqa xomashyo tovarlarini yetkazib berishga nisbatan cheklovlarni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar tartibga solinmagan.

Transport va logistika sohasida amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgan, xususan, sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlarini jadallashtirilgan tartibda o‘zaro yetkazib berish loyihalari kutilgan natijasini hali berayotgani yo‘q.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Global xavf-xatarlar, transport-logistika zanjirlarida jiddiy uzilishlar, oziq-ovqat taqchilligi va energetik xavfsizlik tahdidlari va boshqa muammolar kuchayib borayotgani mamlakatlarimiz barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birinchi galdagi vazifalarini hal etish uchun yaqin hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishni taqozo qilmoqda.

Mazkur sammit amaliy hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish va birgalikdagi harakatlarimizni muntazam kelishib borish uchun imkon yaratadi, deb umid qilaman.

Birinchidan. O‘zbekiston mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo aylanmasi hajmini tubdan oshirish uchun savdo tartib-tamoyillarini soddalashtirish va zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor.

Texnik to‘siqlarni bartaraf etish va muvofiqlik sertifikatlarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida bitimning qabul qilinishi bunga imkon beradi, deb hisoblaymiz.

Shu maqsadda O‘zbekistonda YEOII normalarini milliy texnik reglamentlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi.

Shuningdek, milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirayapmiz.

Ikkinchidan. Bojxona ma’murchiligi, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati, shuningdek, tovarlar kelib chiqishini sertifikatlash bo‘yicha elektron platformalar va onlayn-tizimlarning integrasiyasi, fikrimizcha, iqtisodiy hamkorlikni va ishbilarmonlar muloqotlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bu tashabbusni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun ekspertlar darajasida batafsil maslahatlashuvlarni o‘tkazishga tayyormiz.

Uchinchidan. Sanoat kooperasiyasi va mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni qabul qilish Yevroosiyo makonida yangi ish o‘rinlarini yaratish va sanoat xablarini shakllantirishning muhim omili, deb hisoblaymiz.

Kooperasiya loyihalarini amalga oshirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘p tomonlama dasturlarda ishtirok etishdan manfaatdormiz. Bu o‘rinda so‘z qayta sug‘urtalash faoliyati sohasida biznes-hamjamiyat tashabbuslari va milliy taraqqiyot institutlarining amaliy hamkorligi haqida bormoqda.

Biznes darajasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun YEOII Ishbilarmonlar kengashi faoliyatiga qo‘shilish rejalashtirilgan.

To‘rtinchidan. Transport va tranzit sohasida o‘zaro hamkorlik bizning sherikligimizda strategik yo‘nalish hisoblanadi. Hozirgi sharoitda muqobil transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarimizni kuchaytirish va barqaror logistika zanjirlarini yaratish muhimdir.

Shimol – Janub xalqaro yo‘laklarini va Xitoyni mintaqamiz, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi boshqa magistrallarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Tarif siyosati masalalarida yaqin muvofiqlashtirish tarafdorimiz.

Shuningdek, O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘li qurilishini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi ishiga qo‘shilishga taklif etamiz.

Beshinchidan. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni kengaytirish muhim deb hisoblaymiz.

Shu nuqtai nazardan, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari importi o‘rnini davlatlarimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan faol egallashni rag‘batlantirish, “yashil” yo‘laklar, shu jumladan, “Evroosiyo agroekspressi”ning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni birgalikda olib borish va innovasiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatlarimiz agrobiznes vakillari kooperasiya aloqalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimdir.

Ushbu maqsadlarda shu yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi vazirlari, yetakchi ishlab chiqaruvchilar va oziq-ovqat mahsulotlari import qiluvchilar ishtirokida “EOII plyus” formatida Agrar forum o‘tkazishni taklif etamiz.

Oltinchidan. O‘zbekiston yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda yanada keng hamkorlik qilish, oliy o‘quv yurtlari va professional ta’lim markazlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etishdan ham manfaatdordir.

Muhandislik-texnik ixtisosliklar bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan kadrlarni birgalikda tayyorlash yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish zarur, deb hisoblaymiz.

Hurmatli sammit ishtirokchilari!

EOII doirasidagi ko‘p tomonlama sheriklik bo‘yicha dastur va loyihalarda O‘zbekistonning ishtirokini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun hamkasblarimga yana bir bor minnatdorlik bildiraman.

Bugungi yig‘ilish natijalari mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, shakl va mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonaman.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».