O‘zbekiston Prezidenti xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda favqulodda va muxtor elchilar - Falastin Davlatidan Javad Avvad, Yaponiyadan Xatori Takashi, Qatar Davlatidan Hasan Hamza Hoshim, Slovakiya Respublikasidan Viktor Boreski va Pokiston Islom Respublikasidan Ahmad Farukning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizga yangi tayinlangan diplomatik missiyalar rahbarlarini samimiy qutlab, O‘zbekistondagi faoliyatini boshlagani bilan tabrikladi.

Prezidentimiz o‘z nutqida ochiq va pragmatik tashqi siyosatni amalga oshirayotgan Yangi O‘zbekiston xalqaro maydonda yangi marralarga erishayotgani, do‘stlar va ishonchli hamkorlar safini kengaytirayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda yangi elchixonalar ochilmoqda, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari geografiyasi ham kengaymoqda. Yaqinda yurtimizning Shvesiya va Vengriyada elchixonalari ochildi, Toshkentda Qatar Davlatining diplomatik missiyasi o‘z ishini boshladi.

Mamlakatimizdagi yangilanishlar jarayoni to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston yetakchisi keyingi yillarda “inson – jamiyat - davlat” tamoyili asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va maqsadlariga alohida to‘xtaldi.

Bunday keng ko‘lamli o‘zgarishlar mamlakatni tubdan isloh qilishni, kompleks siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy yangilanishlarni izchil olib borishni talab etadi. Konstitusiyamizni Yangi O‘zbekiston voqeligiga mos ravishda yangilash jarayoni bu yo‘ldagi katta qadamdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Asosiy qonunning yangi tahririni tayyorlash doirasida keng jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilgani, tajribali mutaxassis va olimlar, xorijiy hamkorlar, ixtisoslashgan xalqaro institutlar va tahliliy markazlarning takliflari hisobga olinganini qayd etdi.

O‘zbekiston yetakchisi ziddiyatlar va mojarolar keskinlashib borayotgan murakkab xalqaro vaziyat sharoitida barcha mamlakatlar bilan o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni amalga oshirishning ahamiyati tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

Qayd etilganidek, mamlakatimiz yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institutlar bilan sheriklikni mustahkamlamoqda, Turkiy davlatlar tashkilotida samarali raislikni amalga oshirmoqda va joriy yilda ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitini qabul qilmoqda. O‘ndan ziyod yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

- Xalqaro hamjamiyat uchun yanada ochiq va samimiy hamkor bo‘lishga astoydil intilamiz. Buning uchun bizda siyosiy iroda, qat’iyat, eng muhimi, imkoniyat va yetarli salohiyat bor, - dedi Prezident.

Marosim davomida davlatimiz rahbari yangi elchilar vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Falastin – O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi an’anaviy hamkorlaridan biri. Xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, mushtarak diniy va madaniy qadriyatlar o‘zaro bog‘lab turadi.

Qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, farmasevtika va to‘qimachilik sohalarida hamkorlik uchun katta salohiyat borligi ta’kidlandi.

O‘zaro manfaatli almashinuvlarni rivojlantirish uchun Falastin davlat tashkilotlari va xususiy biznes vakillarining mamlakatimizga tashriflarini tashkil etish taklif qilindi.

Yaponiya elchisiga murojaat qilar ekan, davlatimiz rahbari Tokio O‘zbekistonning vaqt bilan sinalgan strategik sherigi ekanini, ushbu mamlakat bilan munosabatlar o‘zaro ishonch ruhida rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Yaponiya yurtimiz iqtisodiyoti, sanoati va infratuzilmasini texnologik modernizasiya qilishda faol ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. 2019 yil dekabr oyida o‘tgan va uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratgan O‘zbekiston-Yaponiya sammiti tarixiy voqea bo‘lgani qayd etildi.

Oliy darajadagi va vazirliklar o‘rtasidagi muntazam muloqotlar tomonlarning amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Rejalashtirilgan ko‘p tomonlama tadbirlar, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Yaponiya” muloqoti ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklikni izchil davom ettirishda muhim ahamiyatga ega.

Qatar Davlati biz uchun yaqin do‘st, nafaqat arab-musulmon olamida, balki butun dunyoda katta nufuz va ta’sirga ega mamlakat.

Prezidentimiz Qatar Amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Taniy rahbarligida erishayotgan katta muvaffaqiyatlarni yuksak baholadi, futbol bo‘yicha jahon chempionati va Doxada BMTning eng kam rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Hamkorlik istiqbollarini baholar ekan, davlatimiz rahbari bu borada katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Bo‘lajak O‘zbekiston-Qatar sammiti ikki mamlakat munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish sari tarixiy qadam bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Ta’kidlanganidek, energetika, qazib chiqarish, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish, ekologik turizm va farmasevtika sohalaridagi yirik qo‘shma loyihalar savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Slovakiyani Yevropa Ittifoqida salmoqli iqtisodiy salohiyatga ega istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida qabul qiladi.

Prezidentimiz do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlari yangi loyihalar va aniq dasturlar bilan boyib, izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni 2 baravar ko‘paygani bundan dalolat beradi.

O‘zbekiston investisiya sohasida, shu jumladan tibbiyot, farmasevtika va kimyo tarmoqlarining yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda aniq loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor.

Siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyati muttasil oshib borayotgan Pokiston bilan munosabatlar ikki mamlakat yetakchilarining muntazam muloqotlari tufayli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, farmasevtika va boshqa tarmoqlardagi hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. O‘zaro savdo hajmini yaqin istiqbolda 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi qabul qilingan.

Afg‘onistonda iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shma sa’y-harakatlar, shu jumladan Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini tezda boshlash Janubiy va Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari Pokiston tomoniga BMT shafeligida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muzokara guruhini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

So‘zining yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlariga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir doirasida har bir elchi bilan qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi. Chet ellik diplomatlar ular vakillik qilayotgan mamlakatlar yetakchilarining O‘zbekiston rahbari va xalqiga samimiy salomi va ehtiromini yetkazdi. Yurtimizda ularning diplomatik faoliyatiga yaratilgan sharoitlar hamda bugungi tadbirda ko‘rsatilgan iliq qabul va alohida e’tibor uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Elchilar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan aniq taklif va tashabbuslar o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishda ulkan amaliy ahamiyatga ega ekanini hamda O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlik va samarali sheriklikni yanada rivojlantirishga bor kuch-g‘ayrati va tajribasini ishga solishga tayyorligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

«Busiz iloji yo‘q»: Zelenskiy Ukraina Rossiya aktivlarisiz yashay olmasligini aytdi

Киев режими раҳбари Владимир Зеленский Украина мусодара қилинган Россия активларисиз яшай олмаслигини айтди, деб ёзади Sky News.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.