O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

Markaziy bank 2018 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2018 yil 1 noyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 26 494,1 million AQSh dollari (2018 yil 1 oktyabr holatiga 26 407,3 million AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 86,8 million AQSh dollariga ko‘paydi), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 11 846,1 million AQSh dollari, monetar oltin — 14 648,0 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 716,4 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 oktyabr holatiga 25 494,5 million AQSh dollari).

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida  zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!