O‘zbekiston nega Orksus konvensiyasiga a’zo emas?

O‘zbekiston nega Orksus konvensiyasiga a’zo emas?

Telegramdagi iqlimshunos kundaligi kanali muallifining yozishicha, Orxus konvensiyasi — BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining " Atrof-muhit muhofazasi masalalarida axborotdan foydalanish, qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki, adolatli suddan foydalanish to‘g‘risidagi" konvensiyadir.

Unga ko‘ra 2014 yil holatiga 46 ta mamlakat konvensiyani ratifikasiya qilgan. Bular asosan YEI va Markaziy Osiyo mamlakatlaridir.

Orxus konvensiyasi mahalliy, milliy va transchegaraviy muhitga taaluqli ekolgik masalalar bo‘yicha xukumat qarorlarini qabul qilishi jarayonida axborotdan keng foydalanish va asosiysi jamoatchilik ishtirokini ta’minlash xuquqini beradi.

Orxus konvensiyasi quyidagilarni nazarda tutadi:

➖ fuqarolarning davlat organlaridan tegishli ekologik axborotni to‘siqlarsiz olish xuquqini ta’minlash;

➖ fuqarolarning atrof-muxitga salbiy oqibatlar olib keladigan infrastrukturalarni yaratish, dasturlar, qonun va qonun osti xujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish huquqini ta’minlash;

➖ fuqarolarning axborotdan foydalanish yoki jamoatchilik ishtiroki bilan bog‘liq huquqlari buzilgan taqdirda, ko‘rib chiqish tartib-qoidalaridan foydalanish huquqini ta’minlash.

Demak, O‘zbekiston ham Orxus konvensiyasini qabul qilsa yuqoridagi majburiyatlarni oladi va o‘z-o‘zidan mavjud ekologik muammolarni hal qilishda jamoatchilik fikri so‘zsiz inobatga olinadi.

Ammo, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat O‘zbekiston bu konvensiya a’zosi emas. Hatto Turkmaniston xam bu bitimni imzolagan.

2023 yil iyun oyida O‘zbekistonning ham Orxus konvensiyasiga qo‘shilish masalasi muhokama qilingan, ammo ayni paytda afsus ekologik muammolar ichida "yashayotgan" O‘zbekiston konvensiyasining rasmiy a’zosi emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!