O‘zbekiston kimyo va neft sanoatini rivojlantirish uchun McKinsey va BCG’ni jalb qildi

O‘zbekiston kimyo va neft sanoatini rivojlantirish uchun McKinsey va BCG’ni jalb qildi

Uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasini sifatli ishlab chiqish va istiqbolsiz loyihalarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash maqsadida Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi iqtisodiyotning asosiy sohalarini isloh qilish dasturlarida ko‘maklashish va amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qiladi:

  • Elektroenergetika va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.
  • Investisiyalar va elektroenergetika: Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki.
  • Aviatransport va unga investisiyalar: Jahon banki
  • Tabiiy gaz va unga investisiyalar: Xalqaro moliya korporasiyasi.
  • Kimyo sanoati va unga investisiyalar: McKinsey & Company
  • Neft-gaz sanoati va unga investisiyalar: Boston Consulting Group.

Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Geologiya davlat qo‘mitasiga «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekenergo», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekneftgaz» va boshqa boshqarmalar bilan birgalikda 1 avgustga qadar mazkur tashkilotlar bilan kelishuv va bitimlar imzolash, 10 avgustga qadar esa ular bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!