O‘zbekiston kelajakda ham YEOII davlatlari bilan kooperasion aloqalarni rivojlantirish tarafdori

O‘zbekiston kelajakda ham YEOII davlatlari bilan kooperasion aloqalarni rivojlantirish tarafdori

O‘zbekiston YEOII bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish tarafdori:

🔹O‘zaro savdoni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish. O‘zbekiston erkin savdo zonasi haqidagi shartnomaga amal qilishda davom etadi.

🔹O‘zbekiston milliy texnik reglamentlarini YEOII normalariga muvofiqlashtirishni davom ettirmoqda;

🔹O‘zbekiston kelajakda ham YEOII davlatlari bilan kooperasion aloqalarni rivojlantirish tarafdori.

🔹Bugun biz YEOII davlatlari bilan hamkorlikla sanoat texnoparklari va infratuzilma loyihalarni rivojlantirmoqdamiz. Joriy yilning o‘zida respublikada YEOII mamlakatlari bilan 1000 ta yangi korxona ochildi. Ularning umumiy soni 5000 dan oshdi;

🔹Yangi mustahkam ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish. Ular bizning davlatlarimizning industiral rivojlanishiga yordam beradi. Ushbu yo‘nalishda kooperasion aloqalarni rivojlantirish va lokalizasiyani chuqurlashtirish bo‘ycha qo‘shma yo‘l xaritasini qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi;

🔹Transport yo‘nalishlarini diversifikasiya qilish, hujjatlar rasmiylashtirishni raqamlashtirish va soddalashtirish, yangi logistika tarmoqlarini rivojlantirish;

🔹Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Osiyo Tinch Okeani hududlariga samarali transport koridorlarini ishlab chiqish loyihalarida faol ishtirk etishga tayyormiz;

🔹Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga qaratilgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha alohida dasturga asosan hamkorlik qilish muhim deb hisoblaymiz;

🔹O‘zbekistonga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyo mahsulotlarini eksportini cheklash rejimini qo‘llamaslikka umid qilamiz;

🔹Shuningdek, mehnat migrasiyasi va mutaxassislarning erkin harakatlanishi masalalarida YEOII bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!