O‘zbekiston futzal milliy jamoasi tarixda ilk bor JCh pley-offiga yo‘l oldi

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi tarixda ilk bor JCh pley-offiga yo‘l oldi

Litvada o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida V guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Husniddin Nishonov va Anasxon Rahmatovning supergollari evaziga Misrni mag‘lub etdi. Guruhning ikkinchi bahsida Rossiya Gvatemala ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Shu tariqa guruhdan Rossiya 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Qolgan 3 jamoa 3 ochkodan to‘pladi va to‘plar nisbatiga ko‘ra O‘zbekiston (-2) 2-o‘rinni egallab, o‘z tarixida ilk bor mundial pley-offiga yo‘l oldi.

Gvatemala (-5) uchinchi, Misr (-7) so‘nggi o‘rinni egalladi. Gvatemala boshqa guruhlardagi natijalarni kutadi — KONKAKAF vakilida eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatorida 1/8 finalga chiqish imkoniyati bor.

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi tarixda ilk bor JCh pley-offiga yo‘l oldi

JCH. V guruhi
3-tur. 18 sentyabr
Misr — O‘zbekiston 1:2

Gollar: Iyd (19) — Nishonov (2), Rahmatov (14).
O‘zbekiston — Ravshan Eliboyev., Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroyev, Davron Choriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Xushnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Rustam Umarov.

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi tarixda ilk bor JCh pley-offiga yo‘l oldi

Gvatemala — Rossiya 1:4
Gollar: Alvarado (25, penalti) — Afanasyev (2), Asadov (10), Abramov (14), Antoshkin (27).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!