O‘zbekiston delegasiyasi «Evropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo» shaklidagi muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi

A A A
O‘zbekiston delegasiyasi «Evropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo» shaklidagi muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi

2017 yil iyun oyida Bishkek shahridagi muloqotning so‘nggi majlisi hamda 2018 yil mart oyida Toshkent shahridagi vazirlarning norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, «Evropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo» shaklida turli darajagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Uchrashuvda terrorizm bilan kurash va zo‘ravonlik ekstremizmini oldini olishda hamkorlikni faollashtirish choralari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, delegasiyalar tomonidan chegarani boshqarish, narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilik bilan kurash sohasidagi hamkorlik masalalari hamda mintaqaviy ekologik muammolar ko‘rib chiqildi.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!