“O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi II mavsumiga start berildi

“O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi II mavsumiga start berildi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Saidfarrux Islomov va BAA Hukumat ishlari vazirligining tajriba almashish loyihasi rahbari Manal Bin Salem ishtirokidagi uchrashuvda O‘zbekistonda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining 2023 yilda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan I mavsumi sarhisob qilindi va dasturning II mavsumini amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilab olindi.

Xususan, dastlabki bosqichda soha mutaxassislari va ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish, tanlov kategoriyalarini aniqlash, assessorlarni tayyorlash bo‘yicha BAA tomonidan uslubiy ko‘mak ko‘rsatilishiga kelishildi.

Shuningdek, dastur g‘oliblari uchun BAAda stajirovka tashkil qilish, kelgusida O‘zbekistonda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining onlayn platformasini yaratish bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!