O‘zbekiston 2023 yilgi Global terrorizm indeksida 70-o‘rinda qayd etildi

O‘zbekiston 2023 yilgi Global terrorizm indeksida 70-o‘rinda qayd etildi

Global terrorizm indeksining (GTI) o‘ninchi yillik nashri shuni ko‘rsatadiki, hujumlar yanada halokatli bo‘lib, har bir hodisada 26 foizga ko‘proq odam halok bo‘lgan — bu besh yil ichida o‘limning birinchi o‘sishi.

Afg‘oniston esa ketma-ket to‘rtinchi yil eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat bo‘lib reytingda birinchilikni egallamoqda.

O‘zbekiston mazkur reytingda 70-o‘rinni egalladi (2022 yilda uning ko‘rsatkichlari yomonlashgani qayd etilgan). Tojikiston esa 50-o‘rinda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston 93-o‘rinni o‘zaro bo‘lishgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ushbu indeksda 2016 yili 125-o‘rinni, 2019 yilda esa 132-o‘rinni egallagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!