UZAUTO MOTORS tovlamachilar haqida ogohlantirdi

UZAUTO MOTORS tovlamachilar haqida ogohlantirdi

UZAUTO MOTORS tovlamachilar haqida ogohlantirdi.

“Hurmatli xaridorlar! 

Sizlarga ayni damda rasmiy dilerlarda savdoda UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning barcha rang va komplektasiyalariga shartnomalar mavjudligini ma’lum qilamiz. Agarda Siz avtomobil xaridi jarayonida u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnoma yo‘qligi, yetkazib berilish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz, UzAuto Motors komaniyasining ishonch telefonlariga 78 141-77-77 raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. 

Kompaniya bu kabi tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Uzavtosavdo” mobil ilovasini ishga tushirgan. Agarda ilovada zarur avtomobil yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. Mazkur ilova orqali xaridor o‘zi istagan avtomobilning rangi va rusumini tanlab unga shartnoma olishi mumkin. “Uzavtosavdo” ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini yaratmoqda. 

Ogoh bo‘ling! 

Biz xaridingiz yoqimli bo‘lishini istaymiz!”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!