«O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda

«O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Aholishunoslik tashkiloti (UNFPA) 2022 yildan «O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish» BMT qo‘shma loyihasini birgalikda amalga oshirishni boshladilar. Loyihaning boshlang‘ich nuqtasida chegaraoldi hududlarda iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish maqsadida o‘zaro yordam guruhlari tuzildi.

«O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda

Bugungi kunga qadar loyiha doirasida jami 32 o‘zaro yordam guruhlari tashkil qilinib, BMTning loyiha tashkilotlari 2023 yilda ham ushbu guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Xususan, 2023 yil mart – sentyabr oylarida Iqtisodiy salohiyatni oshirish dasturi doirasida guruh a’zolarining tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va asbob-uskuna bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

«O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda

Bu safar asbob-uskuna bilan qo‘llab-quvvatlanadigan eng sara biznes tashabbuslarni tanlab olish uchun Namangan va Andijon shaharlarida 2023 yil 16-17 mart kunlari Pich-dek tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘zaro yordam guruhlarining yetakchilari o‘z guruhlarining biznes rejalarini hakamlar hay’atiga taqdim qildi va eng sara biznes tashabbuslar loyiha tomonidan taqdirlandi.

«O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda

Tadbir doirasida Namangan viloyati Kosonsoy tumanining Xonqo‘rg‘on va Obodon mahallalari, Yangiqo‘rg‘on tumanining Do‘stlik va Qayroqi mahallalari hamda Andijon viloyati Marhamat tumanining Yo‘lamatol va Qorabog‘ich mahallalaridan ishtirok etgan 3 tadan 4 tagacha bo‘lgan guruhlarning biznes tashabbuslari hakamlar hay’atiga taqdim etildi.

BMTning «O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish» qo‘shma loyihasi BMTning Tinchlik o‘rnatish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan birgalikda amalga oshirilmoqda.

«O‘zaro hamkorlik orqali Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda

Qo‘shma loyiha O‘zbekistonning Andijon va Namangan viloyatlari, Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarining chegaraoldi qishloqlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, chegaraorti ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bunda tinchlik o‘rnatishning muhim agentlari sifatida ayollar va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan.

Chegaroldi hududlarda iqtisodiy farovonlikning oshishi qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarning mustahkamlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bunda ayollar ijtimoiy faolligining oshishi va daromad olish imkoniyatlarining kengayishi muhim ahamiyat kasb etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!