O‘z joniga qasd qilish – og‘ir gunoh

A A A
O‘z joniga qasd qilish – og‘ir gunoh

 اَلْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي خَلَقَ الْإِنْسَانَ وَكرَّمَهُ، وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلَى رَسُولِهِ مُحَمَّدٍ الَّذِي سنَّ الدِّينَ وَعَظَّمَهُ

 وَعَلَى آلِهِ وَصَحْبِهِ أَجْمَعِيْنَ اَمَّا بَعْدُ

Hurmatli jamoat! Alloh taolo odam bolasiga juda ko‘p ne’matlar bergan, ularni sanab adog‘iga yeta olmaymiz. Shubhasiz, ular ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik ne’matidir. Chunki bu ne’mat inson qolgan ne’matlarni qabul qilib olishiga sababchi bo‘ladi. Qur’oni karimning 200 dan ortiq oyati karimalarida arab tilidagi “xalq”, ya’ni “yaratish” ma’nosidagi o‘zakdan yasalgan so‘zlar keladi. Bu esa bizga inson bo‘lib yaralish Alloh taolo tomonidan berilgan katta ne’mat ekanini bildiradi. Alloh taolo bandalariga ato qilgan ne’matlari haqida shunday deydi:

أَلَمْ تَرَوْا أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُ ظَاهِرَةً وَبَاطِنَةً وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يُجَادِلُ فِي اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَابٍ مُنِيرٍ

ya’ni: “(Ey, insonlar!) Alloh osmonlar va Yerdagi barcha narsalarni sizlarga bo‘yin sundirib qo‘yganini va sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma’naviy) ne’matlarini komil berganini ko‘rmadingizmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular o‘zlari bilmagan, hidoyat topmagan va aniq kitob (hujjat)ga ega bo‘lmagan hollarida Alloh xususida (Payg‘ambar bilan) munozara qilurlar” (Luqmon surasi, 20-oyat).

Shunisi ham aniqki, inson hayoti doim bir xil ne’matlar ichida kechmaydi – gohida yengil, gohida og‘ir, ba’zida xursandchilik, ba’zida musibat. Qur’oni karimda bu haqda shunday deyiladi:

لَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنْسَانَ فِي كَبَدٍ

ya’ni: “Haqiqatan, insonni (din va dunyo ishlarida mehnat va) mashaqqatda (bo‘lish uchun) yaratdik” (Balad surasi, 4-oyat).

Mashhur bobomiz Alisher Navoiy o‘z hikmatlarida: “Sakson yil yashash uchun sakson yillik sabr kerak”, – deganlar. Demak, inson balo va musibatlarga qarshi sabrni qalqon qilib olishi kerak. Chunki dinimizning ta’limoti bo‘yicha dunyoda yuz beradigan barcha ishlar Alloh taoloning xohish irodasi bilan bo‘ladi. Mo‘min-musulmon kishi hayot qiyinchiliklarini dunyoning sinovi ekani, har bir musibat, hatto tikanning kirishi ham ajrsiz qolmasligini biladi. U qiyinchiliklarga sabr-bardoshli bo‘ladi va savob umid qiladi. Musibat yetganda biz Allohning bandasi va unga qaytib borishimizni eslashimiz darkor. Alloh taolo marhamat qiladi:

وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِنَ الْأَمْوَالِ وَالْأَنْفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

ya’ni: “Sizlarni biroz xavf-xatar, ochlik (azobi) bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yo‘li bilan sinagaymiz. (Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga xushxabar bering (ey, Muhammad)! Ularga musibat yetganda: «Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz», – deydilar. Aynan o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (mag‘firat) va rahmat bordir va aynan ular, hidoyat topuvchilardir” (Baqara surasi, 155-oyat).

Demak, imonli kishilar hayotda hech qachon tushkunlikka tushmasligi kerak, balki yaxshilikdan umidvor bo‘lib, doim harakatda bo‘lishi lozim. Afsuski, ahyon-ahyonda o‘z joniga qasd qilgan kishilar haqidagi so‘zlar qulog‘imizga chalinadi. Ayniqsa bu kabi fojealar ayollar ichida ko‘p uchrab turishi achinarli holatdir. Bu gunohni oqlab bo‘lmaydi, lekin ma’lum bir qism ayollar o‘zlariga bo‘lgan zulm-zo‘ravonlik sababli bu ishga qo‘l urayotgani sir emas. Joriy yilning 3 sentyabrdan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi. Bu qonun dinimizdagi ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik man qilinishi haqidagi ko‘rsatmalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuni bilish kerakki, biror qiyinchilikdan qutilish yoki kimdandir norozi bo‘lib o‘z joniga qasd qilish – masalaning yechimi emas. Masalan, qarz yoki moliyaviy qiyinchilik sababli o‘z joniga qasd qilgan odam qarzidan qutilib qolmaydi. Balki yanada qiyinroq bo‘lgan oxiratda qarzdor odamga aylanadi. Qaytanga bu hayotda qolib, maqsadi uchun kurashib, ikki dunyoda yuzi yorug‘ bo‘lishi – haqiqiy bandalik maqomidir. Kimdir o‘z joniga qasd qilib gunohkor bo‘ladi, orqasida ota-onasi va yaqinlarini qattiq qayg‘uda qoldiradi. Aslida farzand ularni xizmatlarini qilib, rozi va xursand qilishi kerak edi.

O‘z joniga qasd qilishning oxiratdagi oqibatlari yana ham yomonroqdir. Dinimiz ta’limotida insonning o‘z joniga qasd qilishi katta gunoh hisoblanadi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:

"لَا تَقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا"

ya’ni: “...O‘zlaringizni o‘ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir” (Niso surasi, 29-oyat).

Alloh taolo bandasiga omonat o‘laroq ato qilgan jon-tiriklikni faqat O‘zi xohlagan paytda qaytarib oladi. Jonni bandaning o‘zi olishga harakat qilishi – shoshilish va Alloh taoloning taqdiriga norozilikdir. Toki ajal vaqti kelgunicha banda jonni to‘g‘ri yo‘lda asrab-avaylab ishlatishi kerak. Bu mavzuda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

الَّذِي يَخْنُقُ نَفْسَهُ يَخْنُقُها فيِ النَّارِ وَالَّذِي يَطْعَنُ نَفْسَهُ يَطْعَنُها فيِ النَّارِ (ﺭَﻭﺍﻩ الامَامُ ﺍﻟﺒُﺨَﺎﺭِﻱ عن ابي هريرة رضي الله عنه)

ya’ni: “Kim o‘zini-o‘zi bo‘g‘ib o‘ldirsa, do‘zaxda ham shu xil azobga qoladi va kim o‘zini tig‘ bilan o‘ldirsa, do‘zax olovida ham xuddi shunday azobga qoladi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Bu gunohning yomonligini bildirish uchun Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o‘tgan qavmlar hayotidan ham misol keltirdilar:

"كَانَ مِمَّنْ كَانَ قَبْلَكُمْ رَجُلٌ بِهِ جُرْحٌ فَجَزَعَ، فَأَخَذَ سِكِّيْنًا فَحَزَّ بِهَا يَدَهُ، فَمَا رَقَأَ الدَّمُ حَتَّى مَاتَ، قَالَ اللهُ تَعَالَى: "بادَرَني ابْنُ آدَمَ بنَفْسِهِ فَقَتَلَها، فَقَدْ حَرَّمْتُ عَلَيْهِ الجَنَّةَ"

مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ عَنْ جُنْدَبُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ رضي الله عنه

ya’ni: “Sizlardan oldin o‘tgan qavm orasida bir yaralangan kimsa bor edi. U og‘riqqa chiday olmasdan, qo‘liga pichoq olib, yaralangan qo‘lini kesdi. Natijada u qon yo‘qotish tufayli vafot etdi. Shunda Alloh taolo: “Bandam o‘zini-o‘zi o‘ldirib, mening unga bergan umrimga shukr qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni harom qildim”, – dedi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Aslini olganda dinimiz o‘z joniga qasd qilishga olib boradigan yo‘llarni ham berkitgan. Masalan, musulmon kishi o‘ziga o‘lim tilashi mumkin emas. Chunki amallar solih bo‘lib, umrning uzun bo‘lishi biz uchun katta mukofot hisoblanadi.

Bu mavzuda eng katta muammo – ruhiy iztirobning mavjudligi,  qalb xotirjamligi va imonga suyanadigan irodaning yo‘qligi, deb hisoblaymiz. Buning ustiga o‘smirlik davrida yigit-qizlarning qarovsiz qolishi, turli nobop yo‘llarga kirishi, yomonlar bilan do‘st tutinishi, mast qiluvchi ichimliklar va giyohvand moddalarga berilib qolishi ham o‘z joniga qasd qilishning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Albatta, yoshlar tarbiyasiga uyda ota-ona, o‘quv muassasalarida esa ustozlar mas’uldir. Vaqti-vaqti bilan internetda o‘z joniga qasd qilishni o‘rgatuvchi videolar, qiziqtiruvchi o‘yinlar tarqalib turadi. Afsuski, bekorchilik va ota-onalarning e’tiborsizligi sababli ba’zi yoshlarimiz bu “to‘r”larga tushib qolmoqdalar.

 Yuqoridagi muammolarning yechimi – Alloh taoloning rahmatidan umidvorlik, qalb xotirjamligi va sabr toqatdir. Alloh taolo Zumar surasida shunday marhamat qiladi:

قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنْفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ

ya’ni: “(Ey, Muhammad!) O‘z jonlariga (gunoh bilan) zulm qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zi Mag‘firatli va Rahmlidir” (Zumar surasi, 53-oyat).

Yana bir oyati karimada shunday deyiladi:

الَّذِينَ آَمَنُوا وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُمْ بِذِكْرِ اللَّهِ أَلَا بِذِكْرِ اللَّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ

ya’ni: “Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur (va taskin topur)” (Ra’d surasi, 28-oyat).

Banda Alloh taoloning ne’matlarini tafakkur qilsa, o‘zidanda yomon ahvolda bo‘lgan minglab odamlar borligi va ularning aksariyati shukr qilib yashayotganini tushinib yetsa, tiliga beixtiyor “shukr” keladi, kamchiliklari uchun istig‘for aytadi.       Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar:

انْظُرُوا إِلَى مَنْ هُوَ أسْفَلَ مِنْكُمْ وَلاَ تَنْظُرُوا إِلَى مَنْ هُوَ فَوْقَكُمْ فَهُوَ أجْدَرُ أنْ لاَ تَزْدَرُوا نِعْمَةَ الله عَلَيْكُمْ

رواه الامام مسلم عن أَبي هريرة رضي الله عنه

ya’ni: “O‘zingizdan ustun kishilarga emas, o‘zingizdan past odamlarga qarang. Mana shu (ish) Allohning ne’matlarini past sanamasligingiz uchun yaxshiroq bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati).

Bu hadisga amal qilgan kishi Alloh unga juda ko‘p ne’matlar berganini mulohaza qiladi. Shukrli inson bu dunyo qiyinchiliklarini oson yengadi. Mo‘min kishining ishi ajoyib, u hech qachon yutqazmaydi. Yaxshilik kelsa – shukr qiladi, savob oladi. Boshiga sinov kelsa – sabr qiladi, yana savob oladi. Banda Alloh taoloning zikridan va shukridan g‘ofil qolsa, shayton uning qalbiga vasvasa qila boshlaydi. Qachon Allohning zikrini qilsa, ortga chekinadi. Alloh taolo bizga bu dunyo qiyinchiliklarini qanday yengib o‘tish yo‘lini ko‘rsatdi:

وَاسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلَاةِ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى الْخَاشِعِينَ

ya’ni: “(Allohdan) sabr va namoz ila yordam so‘rangiz. Darhaqiqat, u (namoz) og‘ir ishdir. Illo, itoatli (xokisor) kishilarga (og‘ir) emas” (Baqara surasi, 45-oyat).

Qiyinchiliklarga duch kelinganda Qur’oni karimda va hadisi shariflarda kelgan duolarni lozim tutish kerak. Duo haqida Qur’oni karimda shunday deyiladi:

وَذَا النُّونِ إِذْ ذَهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ أَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَى فِي الظُّلُمَاتِ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ

ya’ni: “Zunnun (Yunus)ning (o‘z qavmidan) g‘azablangan holda (qishlog‘idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘i zulmatlar ichra: «Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim», – deb nido qilgan (paytini eslang!)” (Anbiyo surasi, 87-oyat).

Keyingi oyati karimada esa yuqoridagi duoni qabul qilgani aytiladi:

فَاسْتَجَبْنَا لَهُ وَنَجَّيْنَاهُ مِنَ الْغَمِّ وَكَذَلِكَ نُنْجِي الْمُؤْمِنِينَ

ya’ni: “Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik va uni g‘amdan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz” (Anbiyo surasi, 88-oyat).

Ulamolarimiz mana shu oyatga muvofiq kimning boshiga ish tushsa, «Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo surasi, 87-oyat) duosini ko‘p aytsin, deyishadi. Yana istig‘for (“astag‘firulloh” kalimasi)ni ko‘p aytish ham kambag‘allik, befarzandlik va qurg‘oqchilik kabi muammolarni ketkazishiga Qur’oni karimda ishoralar bor.

Albatta, bu masalada diniy tarbiyaning o‘rni muhim. Farzandlarga dinimiz asoslari, ibodatning ma’nosi, gunoh-savob, halol-haromni oiladan o‘rgatib borishimiz kerak. Ularning oldiga yuksak marralar va maqsadlar qo‘yib, o‘sha tomonga yetaklashimiz, kerakli yordamni berishimiz kerak. Yana ularni turli zararli odatlardan saqlasak, bo‘sh vaqtlarini bilim o‘rganish, sport bilan shug‘ullanishga sarflasak, natija yaxshi bo‘ladi.

Xulosa shuki, mo‘min-musulmon kishi doimo Allohning rahmatidan umidvor bo‘lib, azobidan qo‘rqishi kerak. Ana shunda uning imoni salomat bo‘ladi, shayton vasvasalaridan omonda bo‘ladi. Yana bir muhim jihati – doimo olim kishilardan pand-nasihatlar eshitish va solih kishilar, sog‘lom tabiatli odamlar bilan do‘stlashish, ular bilan birga bo‘lishdir.  Bu ishlar kishining ruhiyatini tetik va yashovchan qiladi.

Muhtaram jamoat! Mav’izamizning fiqhiy masalalar qismida sajdada oyoqning yerdan uzilishi haqida bayon qilamiz. Sajdada ikki oyoq barmoqlarini yerga tekkizib turishni ko‘pchilik hanafiy ulamolarimiz vojib amal deydilar. Bunga Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlari dalil bo‘ladi:

"أُمِرْتُ أَنْ أَسْجُدَ عَلَى سَبْعَةِ أَعْظُمٍ: الْجَبْهَةِ - وَأَشَارَ بِيَدِهِ عَلَى أَنْفِهِ - وَالْيَدَيْنِ وَالرِّجْلَيْنِ وَأَطْرَافِ الْقَدَمَيْنِ"

رواه الإمام البخاري والإمام مسلم عن عبدالله بن عباس رضي الله عنهما

ya’ni: “Etti a’zo bilan sajda qilishga  buyurildim. Ular: peshona (deya qo‘llari bilan burunga ishora qildilar), ikki qo‘l, ikki tizza va ikki oyoqning barmoqlari” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Boshqa rivoyatda esa Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

"إِذَا سَجَدَ الْعَبْدُ سَجَدَ مَعَهُ سَبْعَةُ أَطْرَافٍ: وَجْهُهُ وَكَفّاهُ وَرُكْبَتَاهُ وَقَدَمَاهُ"

رواه الإمام مسلم عن عباس ابن عبد المطلب رضي الله عنهما

ya’ni: “Banda sajda qilganda u bilan yettita a’zo sajda qiladi: yuzi, ikki kafti, ikki tizzasi va ikki qadami”, – deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolarimizdan Imom Quduriy va Imom Faxriddin Qozixon: “Sajdada oyoqlarni yerga qo‘yish farz amal sanaladi. Agar sajda asnosida har ikki oyoq yerdan uzilsa, namoz buziladi”, – deyishgan. Mo‘’tabar fatvo kitoblarimizdan yana biri “Fatavoi hindiyya”da ham ushbu ma’no quyidagicha ta’kidlangan:

وَلَوْ سَجَدَ وَلَمْ يَضَعْ قَدَمَيْهِ عَلَى الْأَرْضِ لَا يَجُوزُ وَلَوْ وَضَعَ إحْدَاهُمَا جَازَ مَعَ الْكَرَاهَةِ إنْ كَانَ بِغَيْرِ عُذْرٍ

ya’ni: “Namozxon sajda qilsayu, oyoqlarini yerga qo‘ymasa, joiz bo‘lmaydi. Agar sababsiz ikki oyog‘idan birini qo‘ysa, makruhlik bilan namozi durust bo‘ladi”.

Sajda qilganda oyoq barmoqlari Qibla tarafga imkon qadar yo‘naltirilishi – sunnat. Chunki Payg‘ambar alayhissalom sajda qilganlarida muborak oyoqlarining muborak barmoqlari Qiblaga qaratilgan bo‘lar edi. Bu haqida Abu Humayd raziyallohu anhu shunday deganlar:

أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا سَجَدَ وَضَعَ يَدَيْهِ غَيْرَ مُفْتَرِشٍ وَلاَ قَابِضِهُمَا وَاسْتَقْبَل بِأَطْرَافِ أَصَابِعِ رِجْلَيْهِ الْقِبْلَةَ

رواه الإمام البخاري

ya’ni: “Nabiy alayhissalom sajda qilganlarida ikki qo‘llarini yoymasdan va yig‘masdan (o‘z holicha) yerga qo‘yardilar. Oyoq barmoqlarini Qibla tomonga qaratardilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Demak, namozxon sajda qilganda oyolarini yerdan uzmaslikka e’tiborli bo‘lishi lozim. Aks holda namoziga putur yetishi mumkin.

Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lida sobitqadam qilsin va xayrli ishlarga yo‘llasin! Omin!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

Senator bloger Chechenkaga chora ko‘rishni so‘radi

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилиб, ҳуқуқий баҳо бериш мақсадида 14 июль куни ИИВга расмий сўров юборилди.

Ayrim maktablarda qizlarga yubka kiyish taqiqlandi. Ota-onalar norozi!

Таълим вазирлиги ота-оналарнинг шикоятларига жавоб берди.

Saida Mirziyoyevaga keng vakolatlar berildi

Президент Шавкат Мирзиёевнинг янги фармони эълон қилинди.

Rossiya futbolidagilar o‘zbek futbolining yuksalishini hazm qila olishmayapti

Владимир Пономарёв Аббосбек Файзуллаевнинг Туркияда муваффақият қозонишига шубҳа қилмоқда.

Yaqin oylarda Ukraina yangi prezidentga ega bo‘ladi

Зеленский ўз лавозимидан "зўрлик билан" четлаштирилиши мумкинлигини айтди

Pashinyan: Armaniston Qorabog‘ Ozarboyjonniki deya tan olishda kech qoldi

Арманистон Бош вазири Никол Пашинян Қорабоғ масаласида ўзининг сиёсий қарорини кеч қабул қилганини тан олди. Унинг таъкидлашича, мазкур қадамда кечикканлик минтақавий зиддиятларни чуқурлаштирди.

Evropa nega Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalarni Isroilga ham joriy etmayapti?

Мерц Европа нега Россияга қўллаётган санкцияларни Исроилга ҳам жорий этмаётганини тушунтирди.

TNT Sports "Oltin to‘p"ga da’vogarlar reytingini taqdim etdi: Dembele kuchli uchlikdan chiqib ketdi

Машҳур TNT Sports портали июль ойи ўрталарида 2025 йилги "Олтин тўп" учун асосий даъвогарларнинг янги рейтингини эълон қилди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Isroil 25 davlatga qarshi chiqdi

Бу ҳақда Исроил ТИВ хабарида айтилган.

Rafinya futbolchilik faoliyatini yakunladi

Бу ҳақда футболчи Sportv канали эфирида маълум қилди.

Rossiya Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketiga javob qaytardi

Россияга қарши душманона ҳаракатлар Россия Федерацияси сиёсатига ҳеч қандай тарзда таъсир ўтказишга қодир эмас

Yuragi urib turgan bemor o‘lganga chiqarildi va uning ichki a’zolaridan foydalanishdi

Органларни харид қилиш ташкилотлари шифокорларни беморларга ўлимни тезлаштирадиган дориларни юборишга ундамоқда.

Bugungi g‘ayritabiiy issiqlik sababli davlat muassasalari yopildi

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ хабар бермоқда.

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Rossiya radikal kanallarga obuna bo‘lgan xorijlik fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Erondagi jazirama suv va elektr tanqisligiga olib keldi

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Isroil mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda HAMASga tegishli o‘nlab manzillarni yo‘q qildi

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Erdo‘g‘an: G‘azodagi genosidga sukut qilish – jinoyatga sheriklikdir

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Tramp: Obama va demokratlar Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvi haqidagi ishni soxtalashtirgan

АҚШнинг собиқ президенти Дональд Трамп Барак Обамани 2016 йилги президентлик сайловларида Россия уни қўллаб-қувватлагани ҳақида жамоатчилик фикрини атайлаб шакллантирганликда айблади.

O‘zbekistonda yozgi elektr iste’moli qishki ko‘rsatkichdan ham oshib ketdi

2025 йил 16–21 июль кунлари давомида кузатилган жазирама иссиқ сабабли мамлакатимиз энергетика тизимида янги тарихий рекорд қайд этилди.

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан мазкур шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Texasdagi toshqindan so‘ng yo‘qolganlarning aksariyati topildi

Бу ҳақда CNN телеканали маҳаллий ҳокимиятга таяниб хабар берди.

Suriyaning As-Suveyda viloyatidagi to‘qnashuvlarda 426 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Сурия Инсон ҳуқуқлари тармоғи (SNHR) ўз ҳисоботида маълум қилди.

G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida ochlik va kam ovqatlanishdan 18 kishi vafot etdi

Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлигининг маълум қилишича, муҳосарадаги Ғазо секторида сўнгги 24 соат давомида очлик ва кам овқатланиш оқибатида 18 киши ҳалок бўлди.

Zelenskiy: Rossiyaning ommaviy hujumi natijasida Ukrainada 2 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, ўтган тун давомида Украина шаҳарлари ва аҳоли пунктларига 420 дан ортиқ дрон ва 20 тадан ортиқ ракета билан ҳужум қилинган. Ҳужумлар натижасида 2 киши ҳалок бўлган, 15 киши яраланган.

Es-Suveydada druzlar tomonidan majburan ko‘chirilgan beduin oilalari evakuasiya qilindi

Суриянинг Эс-Сувейда вилоятида друзлар қўмондони Ҳикмат ал-Ҳижрига қарашли кучлар томонидан наслдан-насл яшаб келган уйларидан мажбуран чиқарилган бедуин араб оилаларининг бир қисми эвакуация қилинди.

Isroil askarlari G‘azoda oq bayroq ko‘targan tinch fuqarolarga o‘q uzganini tan oldi

Исроил армиясининг амалдаги ва собиқ ҳарбийлари The Wall Street Journal нашрига маълум қилишича, Исроил аскарлари Ғазо секторида гуманитар ёрдам тарқатиш пункти яқинида оқ байроқ кўтариб турган палестинлик фуқароларга нисбатан ўқ узганини тан олди.

Isroil strategiyasi: Mamlakatning siyosiy ustunlikka ega bo‘lish uchun amalga oshirayotgan «o‘yinlari»

16 июл куни Исроил ҳарбий самолётлари Сурия пойтахти Дамашқдаги муҳим объектларга — Мудофаа вазирлиги, Ҳарбий штаб ва Президент саройи атрофига зарба берди. Бу ҳужум оддий ҳаво зарбаси эмас эди — бу аниқ сиёсий стратегиянинг давомидир.

Mashinasiga 200 kilodan ziyod narkotik ortgan diplomat qo‘lga tushdi — Bolgariya

Болгарияда дипломатнинг машинасига ортилган 200 килограммдан зиёд гиёвандлик моддаси мусодара қилинди. Таъкидланишича, мамлакат тарихида бунчалик йирик наркотик партияси биринчи марта фош қилинди.

Navoiyda vodorod sulfid me’yordan 16,8, ammiak 1,4 barobar oshgani ma’lum bo‘ldi

Бунга «Навоийазот» корхонаси чиқиндилари сабаб бўлгани тахмин қилинмоқда. Корхона эса ҳодиса уларга алоқадор эмаслигини билдирган.

"Putin, navbating keldi..."

Сиз бутун дунё ҳисобига арзон Россия нефтини сотиб оляпсиз, ва Президент Трамп бу ўйиндан чарчади.

Xitoydagi xususiy bog‘chada bolalar qo‘rg‘oshindan zaharlandi

Иш бўйича олти киши, жумладан инвестор, директор ва ошпазлар ҳибсга олинган.

Gonkongda kuchli tayfun avj olmoqda

Шамолнинг тезлиги соатига 160 км/соатга етмоқда.

Индонезия соҳилларида бортида 280 нафар йўловчи бўлган паром ёниб кетди

Индонезия ҳарбий-денгиз кучлари ёнғин қурбонлари ва жабрланганларни эвакуация қилиш учун учта кема юборди.

Газода болалар очликдан нобуд бўлмоқда

Бугунги кунда Газода минглаб инсонлар, жумладан, болалар ҳам очлик ва етарли озуқа етишмаслиги сабаб оғир аҳволга тушиб қолган.

Исроил ёрдам маркази яқинида 25 нафар очликдан азият чеккан фаластинликни ўлдирди

Медицин манбаларга кўра, шанба куни Исроил ҳарбийлари Жанубий Ғазонинг Рафа шаҳридаги ёрдам маркази яқинида тўпланган очликдан азият чеккан фаластинликлар тўдасига ўт очиши натижасида камида 25 киши ҳалок бўлди, яна 70 нафардан ортиқ инсон жароҳат олди.

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади — «Ўзгидромет» 21–24 июл (душанба–пайшанба) учун эълон қилган об-ҳаво прогнози шуни кўрсатмоқда.

Ас-Сувайдадаги тўқнашувларда ҳалок бўлганлар сони 940 нафарга етди

Бу ҳақда Syria Human Rights Observatory маълумотига таяниб, The Times of Israel нашри орқали "Report" хабар берди.

Аббас Аракчӣ: Эрон ва Исроил ўртасидаги ўт очмаслик режими жуда нозик

Бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббас Аракчӣ “IRNA” агентлигига берган баёнотида маълум қилди.

Steigan: Трамп Москвага ультиматум қўйди

У Москвадан Украина билан тинчлик келишувини имзолашни талаб қилди.

Трамп Ғазо секторидан 10 нафар гаровдаги шахсни қайтаришга ваъда берди

АҚШ Президенти Дональд Трамп, Ғазо секторидан яна 10 нафар исроиллик гаровдаги шахслар яқин вақт ичида озод қилиниши кутилаётганини маълум қилди.

Трамп АҚШлик медиамагнатнинг судда кўрсатма беришини интиқлик билан кутмоқда

Трамп бу ҳақда Truth Social ижтимоий тармоғида маълум қилди.

Исроил Ғазодаги қочқинлар лагерлари ва уйларга зарба берди: ҳалок бўлганлар орасида аёллар ва болалар бор

Исроил армияси Ғазо секторидаги турли ҳудудларга, жумладан, яшаш уйлари ва қочқинлар жойлашган чатирларга ҳаво ва қуруқликдан зарбалар берди.

АҚШ элчиси Исроил ҳукуматини масиҳий ташкилотларга нисбатан босимда айблади

АҚШнинг Исроилдаги элчиси Майк Хакаби Исроил ҳукуматининг масиҳий ташкилотлар ва уларнинг хорижий ходимларига нисбатан ҳаракатларидан жиддий норозилик билдирди.

«Бу сафаргиси ҳақиқий»: Исроилга янги санкциялар жорий қилинди

Санкциялар таркибига қурол етказиб беришни тўхтатиш, ҳарбий ҳамкорлини якунлаш, суд орқали жавобгарликни кучайтириш, шунингдек, Исроил компанияларга нисбатан иқтосодий чекловлар жорий этиш каби бандлар киради.

Аслида тарбиячига тарбия керак шекилли: Боғчада 2 ёшли бола шафқатсиз калтакланди

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилмоқда.

Мурод Назаров: "Тошкентда дарахтларни кесишни чекламаслик керак"

Қурилиш соҳасида фаолият юритувчи тадбиркор сўзларига кўра, дарахт кесишга қўйилган чекловлар коррупцияни кучайтиради. У мазкур масалага ечим сифатида қурувчи компания зиммасига кесилган дарахтлар ўрнига янгиларини экишни юклаш кераклигини кўрсатди.

Грузияда жиноий гуруҳлар билан алоқада гумонланган 20 киши қўлга олинди

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ ИИВ вазири ўринбосари Александр Дарахвелидзега таяниб хабар берди, дея маълум қилади “Report” агентлиги.

Исроил ҳужумида Дамашқда ҳалок бўлганлар сони уч нафарга етди, 30 дан ортиқ киши яраланди

Бу ҳақда Сурия Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди, деб хабар бермоқда агентлик SANA.

Киевга қурол бериладими?

Трамп ўзини Россия ёки Украина томонида эмас, «инсонпарварлик томонида» эканини билдирди.

Сирдарёда фуқаро Cobalt’ини йўл четидаги бетон тўсиққа урди. Aвтомашина мажақланиб, ёниб кетди

Ижтимоий тармоқларда тарқалган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий муносабат берилди.

2090 йилгача Тошкент ва Остонада жазирама иссиқ сабаб 23 минг киши ҳалок бўлиши мумкин

Жаҳон банкининг сўнгги таҳлилига кўра, Тошкент шаҳрида юқори ҳароратлар инсон соғлиғи учун жиддий хавф туғдирмоқда.

Хоразмда саксовулфурушларни таъқиб қилган экоинспекторлар калтакланди

Айни пайтда инспекторлар Н.Муҳаммадиев ва О.Ҳесеновга нисбатан оғир жисмоний тажовуз содир этилган, улар турли даражадаги тан жароҳатларини олган.

Сенатор блогер Чеченкага чора кўришни сўради

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилиб, ҳуқуқий баҳо бериш мақсадида 14 июль куни ИИВга расмий сўров юборилди.

Исроил Сурия армияси бош штабининг Дамашқдаги биносига икки марта зарба берди

ЦАХАЛ баёнотида айтилишича, Исроил Сурия жанубидаги друзларга қарши ҳаракатларни кузатишда давом этмоқда.

Кўкдала туманида “газ заправка”даги портлашда 4 киши ҳалок бўлди

Шундан сўнг, 4 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 14:45 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 15:00 да ўраб олинган ва соат 15:35 да тўлиқ ўчирилган.

Гренландиядаги қишлоққа тоғдай келадиган айсберг қулаши мумкин

Қишлоқ яқинида икки улкан муз парчаси бир ҳафтадан бери қимирламай турибди.

Исроил армияси Сурия билан чегарада қўшимча кучларни жойлаштирмоқда

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот хизмати маълум қилди.

Аёвсиз дўппосланган, оёғи синган: Хоразмда экология инспекторлари билан ҳақиқий даҳшат содир бўлди

Воқеа ҳақиқий жангари кинолардагидек: ҳуқуқбузарлар инспекторларни дўппослаб, юк машинаси бортига ортишган. Кейин ўзлари билан олиб кетаётган вақтда инспекторлар ҳаракатланаётган юк машинасининг орқа борт қисмидан ўзларини ташлашган.

Трамп Байденга тегишли 500 тонна печеньени ёқиб юборишга буйруқ берди

800 минг долларлик бу печенье 1,5 миллион болани бир ҳафта давомида озиқлантиришга етар эди.

Германияда ҳижоб туфайли мусулмон аёл ўлдирилди

2025 йил 4 июль куни Германиянинг Ганновер шаҳрида 31 ёшли эркак қўшниси бўлган 26 ёшли жазоирлик мусулмон аёл — Рахма Аятга пичоқ билан ҳужум қилди. Олинган оғир жароҳатлар натижасида Рахма воқеа жойида вафот этди.

“Strong Cities" МЧЖ эгаси қамоққа олинди

Аввалроқ “Strong Cities" МЧЖ Тошкентда янги уй қуриб бераман деб 200 нафар фуқаронинг 5 млрд сўм маблағини ўзлаштиргани ҳақида хабар берган эдик.

Дудуқланадиган болаларни қўрқитиш усули билан даволашга уринган аёлга нисбатан жиноят иши қўзғатилди

Ижтимоий тармоқларда тарқалган, ўзини гўёки дефектолог-психолог деб атаган Д.Ж дудуқланган болаларни сўкиниш ва қўрқитиш усулида даволашга урингани акс этган видеохабар бўйича Болалар омбудсмани 2024 йилнинг якуни ва 2025 йил январ ойида ўрганиш олиб борган ва бу ҳақда жамоатчиликка маълумот берган.

"Sea Breeze" курортининг қурилиши Чорвоқдаги экологик муаммоларга барҳам берадими?

Ўзбекистон Республикаси Экология вазирлиги ва унинг ҳузуридаги Давлат экологик экспертиза маркази, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари учун Озарбайжонга пресс-тур ташкил этилди. Пресс-тур давомида журналистлар “Sea Breeze” компаниясининг Боку шаҳридаги фаолияти билан яқиндан танишдилар ва унинг халқаро экологик стандартларга қай даражада мос келиши ўрганилди.

Тошкентда кибержиноятчилар гуруҳи банк карталаридан 1 млрд сўм ўғирлади

Аниқланишича, фирибгарлар вирус юқтирилган қурилмаларидаги SMS-тасдиқлаш кодларини кузатиб бориш имконини берувчи ёпиқ Telegram гуруҳ яратган.

Диққат! Андижонда ҳоким ўринбосари, статистика ва пенсия жамғармаси бўлимлари раҳбарларининг қилмишлари фош этилди

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг Оҳангарон туман бўлими бошлиғи маҳаллий фуқаронинг йўқолган меҳнат дафтарчасини тиклаб, уни ёшга доир пенсияга чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ долларини пора сифатида олган вақтида унинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.

Ғазо секторида ҳалок бўлганлар сони 58 000 нафардан ошиб кетди

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилган.

Исроил армияси Ғазо секторидаги бир неча ҳудудларга зарба берди: 11 фаластинлик ҳалок бўлди, ўнлаб киши яраланди

2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.

Суриянинг Эс-Сувейда вилоятида друз ва бедуин гуруҳлари ўртасида қуролли тўқнашув: 30 киши ҳалок бўлди, 100 нафар яраланган

Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.

Россия сафида урушган 66 нафар ўзбекистонлик ҳалок бўлди

Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.

Японияда 21 июндан буён зилзилалар тўхтамаяпти

Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.

Air India авиаҳалокати: ёқилғи узатилиши ўчирилгани тасдиқланди, 260 киши ҳалок бўлган

Ҳиндистонда Air India’нинг AI171 рейси билан боғлиқ авиаҳалокатни текшириш доирасида тажовузкор воқеалар аниқланди.

Бугундан 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди

Олий ва касбий таълим муассасаларига кириш бўйича 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди.