O‘z joniga qasd qilish holatlari bo‘yicha psixiatriya muassasalari xabardor qilinadi

O‘z joniga qasd qilish holatlari bo‘yicha psixiatriya muassasalari xabardor qilinadi

Psixiatriya muassasalarini o‘z joniga qasd qilish harakatlari to‘g‘risida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga muvofiq Ichki ishlar organlari har bir o‘z joniga qasd qilish holati yuzasidan o‘sha shaxs yashaydigan manzildagi ambulator psixiatriya muassasasini zudlik bilan xabardor etadi.

Bordi-yu, mazkur holat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan aniqlangan taqdirda, ular bu haqda o‘zi joylashgan manzildagi ichki ishlar organlariga tezkor ma’lum qilishlari kerak.

Shaxsda o‘tkir psixoz yoki ruhiy kasalliklar xuruji sababli o‘z joniga suiqasd qilingani aniqlanganda, unga shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yashash manzili bo‘yicha psixiatriya stasionarlariga o‘rnatilgan tartibda joylashtiriladi.

Shuningdek, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari hamda ambulator psixiatriya muassasalari tomonidan hisobot tayyorlanib, tegishli tartibda hududiy bosh suisidologlar yoki bosh psixiatrlarga taqdim etiladi.

Hisobotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh suisidologi tomonidan umumlashtirilib, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!