O‘tgan yili korxona va tashkilotlarda 81 ta baxtsiz hodisaga yo‘l qo‘yilgan, 28 ta holatda oqibat o‘lim bilan tugagan

O‘tgan yili korxona va tashkilotlarda 81 ta baxtsiz hodisaga yo‘l qo‘yilgan, 28 ta holatda oqibat o‘lim bilan tugagan

O‘tgan yilda Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi nazoratidagi korxona va tashkilotlarda 81 ta baxtsiz hodisaga yo‘l qo‘yilgan, 28 ta holatda oqibat o‘lim bilan tugagan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Malika Mirjamolova ma’lum qildi.

Ro‘y bergan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari

60 foizdan ortiq holatda tashkiliy sabab bilan, ya’ni ishlab chiqarishda ishlarning to‘g‘ri tashkil etilmaganligi va sanoat xavfsizligi sohasida xodimlar malakasining yetishmasligi, texnik va texnologik jarayonlarda ishlab chiqarish intizomining pastligi, hamda ehtiyotsizlik yoki tavakkalchilikka yo‘l qo‘yishlar;

30 foiz holatda texnik sabablar – ya’ni texnik jihozlar va qurilmalarning nosozligi, ularning konstruktiv yangilanmasligi, me’yoriy hujjat va loyiha talablariga rioya etilmayotganligi, texnik qurilmalarga xizmat ko‘rsatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!