"Urush tugaganidan keyin Rossiya bizdan kechirim so‘raydi..."
Zelenskiyning amerikalik podkaster Leks Fridman bilan intervyusi e’lon qilindi
Ushbu intervyuda Ukraina prezidenti tomonidan bildirilgan asosiy fikrlar:
◾️ Men Rossiyaning hozirgi rahbariystini ham, rus xalqini ham hurmat qilmayman. Men Putinga u biz bir xalq ekanligimizni va bir tilda gaplashamizni aytishiga yo‘l qo‘ymayman;
◾️ Urushdan hamma pul ishlab topadi, biz bunday qilmadik. Agar kimnidir shunday qilganini aniqlasak, qattiq jazolaymiz;
◾️ Urushning dastlabki kunlarida Aleksandr Lukashenko mendan kechirim so‘radi, u o‘z mamlakati hududidan raketalar uchirilganida aybdor emasligini va bu Putinning ishi ekanligini ta’kidladi. Lukashenko menga bunga javoban Mozirdagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berishni taklif qildi. Shu bilan birga, Belarus prezidenti menga ruslar bilan urushib bo‘lmasligini aytdi;
◾️ Sizningcha, Putin urushni tugatmoqchimi? Bu juda sodda fikrlash;
◾️ Ukraina kelajakdagi hujumlarni qaytarish uchun qurol-yarog‘ bilan ta’minlansa, o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ladi;
◾️ Putin Voldemortga o‘xshaydi, ismini aytmaslik kerak bo‘lgan kishi;
◾️ Men Trampga bizga Rossiyaning 300 milliard dollarlik muzlatilgan aktivlarini berishini, biz bu pullarga ulardan qurol sotib olishimizni aytdim;
◾️ 25 yanvar yoki boshqa bir kuni biz Tramp bilan urushni qanday tugatishimiz haqida muzokaralar olib boramiz. Agar u bizga kuchli va ishonchli xavfsizlik kafolatlarini taklif qilsa, shundan keyin ruslar bilan uchrashuv bo‘lishi mumkin;
◾️ Trampsiz va Qo‘shma Shtatlarsiz NATO mavjud bo‘lmaydi;
◾️ Bizga Qo‘shma Shtatlar ishtirokisiz xavfsizlik kafolatlari kerak emas, chunki u juda qudratli davlat;
◾️ Urushni 2025 yilda tugatish bizning kuchimizga bog‘liq;.
◾️ Biz ko‘plab korrupsion holatlarni yo‘q qildik. Ishonchim komilki, Ukraina korrupsiyani konstitusiyaviy tarzda yengib o‘tadi;
◾️ Tramp menga telefon orqali uchrashuvimizni kutayotganini va mening tashrifim birinchilardan biri bo‘lishini aytdi. Tramp uchun bizning fikrimiz muhim;
◾️ Urush tugaganidan keyin Rossiya bizdan kechirim so‘raydi, chunki ular aybdor. Ushbu bosqinchilikda ishtirok etganlar ham, jim turganlar ham bizdan uzr so‘raydi;
◾️ Oligarxlar va nufuzli odamlarning hech biri meni nazorat qilmaydi. Men mustaqil odamman, hech kimga bo‘ysunolmayman. Men faqat qonun-qoidalar bo‘yicha yashay olaman;
◾️ Urush tugaganidan keyin Rossiya Federasiyasi bilan nima bo‘lishi meni qiziqtirmaydi, lekin jinoyatlar uchun jazo berilishi kerak;
◾️ Urushda qatnashish uchun yana 30-40 ming va hatto 500 ming shimoliy koreyaliklar yuborilishi mumkin;
◾️ Ukrainada saylovlar urush tugagandan so‘ng darhol bo‘lib o‘tadi;
◾️ Angela Merkel barchani Ukrainani NATO'ga taklif qilmaslikka majbur qilgan;
◾️ Men Ukrainada soliqlarni kamaytirmoqchiman. Ammo urush va harbiy holat har doim resurslarni cheklaydi;
◾️ Ukrainada odamlar Trampga ishonishadi. U tinchlikni ta’minlashga yordam berishi mumkin.