Setanta Sports sharhlovchisi Anton Yakimov Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»ga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
– Nima uchun Husanov shunchalik kuchli o‘yinchi?
– Husanov Liga 1da ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda va sentyabrdan boshlab asosiy himoyachiga aylandi. Shu vaqt davomida u o‘z jamoadoshlari va «Lans»ning sobiq bosh murabbiyi Frank Esdan ko‘p narsalarni o‘rgandi. Frank Es himoyachilarni rivojlantirishni yaxshi ko‘radigan murabbiy sifatida tanilgan. Uning qo‘l ostida Husanov o‘yin davomidagi fazalar orasida o‘tish, pressing, kontrpressing, to‘pni tez qaytarish va qanot himoyachilarini sug‘urtalash borasida katta o‘sishga erishdi.
Kevin Danzo va qisman Fakundo Medina kabi markaziy himoyachilardan o‘zbek himoyachisi standart vaziyatlarda to‘pga chiqish va o‘yin qurish usullarini o‘rgandi. Husanov to‘psiz o‘yinni tez anglaydi, to‘pni tortib olishda raqib harakatidan ilgarilab ketadi hamda jamoa to‘pga egalik qilganda yuqori himoya chizig‘ini va «Lans»ga qarshi hujumlar paytida deyarli barcha himoya pozisiyalarini sug‘urtalaydi. Qolaversa, Abduqodir Liga 1da yutib olingan yakkakurashlar bo‘yicha eng kuchli uch himoyachi qatoriga kiradi. Biroq unga birinchi pas va to‘pda qaror qabul qilish tezligini oshirish kerak.
– Dekabrgacha «Lans» uch nafar himoyachi bilan o‘ynagan, keyin esa to‘rt himoya sxemasiga o‘tgan. Hozir «Siti» ham shunday o‘ynamoqda. Husanov uchun qaysi sxema qulayroq?
– Husanovga ham to‘rt himoya, ham uch markaziy himoyachi bilan o‘ynash birdek qulay.
Joriy mavsum boshida «Lans»ning hozirgi murabbiyi Uill Still Frank Esning ishlab chiqqan sxemasiga ehtiyotkorlik bilan yondashishini aytgandi. U dekabrgacha to‘rt himoya chizig‘iga o‘tishni ortga surgan, chunki bu uning sevadigan sxemasi: yuqori qanotlar va ortdagi to‘p taratuvchi yarim himoyachi bilan o‘ynash. U shu bilan birga himoyada o‘yin prinsiplari sxemaga bog‘liq emasligini ta’kidlagan: hujum paytida qanot va markaziy himoyachilar ham hujumga qo‘shiladi, orqada esa bir-ikki markaziy himoyachi va/yoki markaziy yarim himoyachi qoladi.
– U «Siti»da darhol o‘z o‘yinini ko‘rsata oladimi yoki ijaraga chiqishiga to‘g‘ri keladimi?
– «Siti»da markaziy himoya chizig‘ida darhol yaxshi o‘yin ko‘rsatish deyarli hech kimda ish bermagan. Manuel Akanji ham, Yoshko Gvardiol ham darhol ochilib ketmagan, va ular Husanov bilan o‘lchov jihatidan taqqoslanishi mumkin.
Meningcha, Abduqodirga «Lans»ni yozda yoki 2026 yilda tark etish yaxshiroq bo‘lardi. Ayni damda Fransiyada tajriba orttirishi kerak. Yana bir omil, nega bu transfer hozir amalga oshmasligi mumkin – «Lans» Kevin Danzoni sotib yuborishga va’da bergan va bir vaqtning o‘zida ikki markaziy himoyachini yo‘qotishni istamasligi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.
Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Янги конституция қабул қилингандан кейин Сурия номи ўзгармасдан қолади – Сурия Араб Республикаси, деди Туркия ташқи ишлар вазири Хоқон Фидан CNN Турк телеканалига берган интервюсида.
Россия-Украина урушида қурбон бўлган аскарларнинг сонини аниқлаш қийин, чунки экспертлар буни "ҳикоялар уруши" деб аташади. Аниқ нарса шуки, Россия Иккинчи Жаҳон Урушидан бери ҳар қандай урушдан кўра кўпроқ аскарларини йўқотди.
Ҳозирда ушбу қамоқхонада 15 маҳбус қолмоқда, улар орасида 2001 йил 11 сентябрдаги теракт ташкилотчиларидан сифатида гумонланган Ҳолид Шайх Муҳаммад ҳам бор.