Urganch–Xiva–Urganch yo‘nalishida trolleybuslar harakati vaqtincha to‘xtatildi

Urganch–Xiva–Urganch yo‘nalishida trolleybuslar harakati vaqtincha to‘xtatildi

Xorazm viloyati hokimligi Trolleybus boshqarmasiga qarashli yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida tegishli ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi hamda elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar sababli joriy yilning 20 noyabridan Urganch Xiva Urganch yo‘nalishida harakatlanuvchi trolleybuslar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Hozirda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlarni olib bormoqda.

Trolleybuslar harakati vaqtincha to‘xtatilishi sababli viloyat transport boshqarmasi tomonidan Urganch–Xiva–Urganch yo‘nalishi bo‘yicha vaqtincha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda ushbu yo‘nalishda «Yangiariqtrans» MCHJdan 4 ta avtobus va «Avtotrans Xorazm» MCHJdan 4 ta avtobus jami 8 ta harakat tarkibi Urganch–Xiva–Urganch yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!