O‘quvchining terisini shilib olish shartmi?

A A A
O‘quvchining terisini shilib olish shartmi?

Tarixiy jarayonda milliy ta’lim tizimi faoliyatini aniq ko‘rsatib beruvchi bir gap bor: "Go‘shti sizniki, suyagi bizniki!"

Shu paytga qadar, bu gapning qanchalar dahshatli jaranglashiga e’tibor qaratilmagan ekan. Ko‘nikkan ekanmiz. Endi, ta’lim jarayoni biroz erkinlashayotganda buning ma’ni-mohiyatiga nazar solib, kishining eti junjikadi.

Ko‘pchilik, "o‘qituvchining obro‘yini oshirish" deganda aynan shu holatni ko‘zda tutmoqda. Aytish lozim, endi hech qachon u darajaga qaytilmaydi.

Jamiyatda o‘qituvchining obro‘yi nega tushib ketmoqda o‘zi?

Birinchidan, obro‘ga munosib o‘qituvchining o‘zi kamayib ketdi.

Ikkinchidan, totalitar jamiyatda yashamayapmiz, hech kim hech kimga sig‘inishi shart emas, hamma erkin. Shunday bir holatda bir kasb egalarining boshqalardan ko‘ra ko‘proq obro‘ga ega bo‘lishi haqida gapirish noo‘rin. Xo‘sh, jamiyatda qaysi kasb egalarining obro‘yi yuqori?! Hammaniki deyarli bir xil. Bir qarashda bu boshqa mavzuday ko‘rinadi, lekin aslida ildizi bir: adabiyot nega bugungi kun qahramonini yaratolmayapti? Kasb asosiy mezon, asosiy vosita bo‘lmay qoldi. Jamiyatda kasb romantikasi yo‘qoldi.

Uchinchidan, jamiyatda moddiy boylikka sig‘inish, buyumparastlik, iste’molchilik kayfiyati kuchayib, ta’limga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bolalardan pul yig‘ish, o‘z oyligining kamligidan nolib, ishini chin ko‘ngildan bajarmaslik oxir oqibat shu vaziyatga olib keldi.

Shulardan kelib chiqib, jamiyatda o‘quvchilarning obro‘yini oshirish uchun nimalar qilish lozim?

"Mustaqillik berilmaydi, olinur"

Bu gapni o‘zgartirib aytish mumkin: obro‘ni birov bermaydi. Unga munosib bo‘lish lozim!

Avvalambor o‘qituvchi o‘zini va kasbini hurmat qilishi lozim. E’tibor bergan bo‘lsangiz, har qanday boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘z ustozini ota-onasidan-da ulug‘roq ko‘radi. Ustozning nafaqat aytganini, harakatlarini ham oqizmay-tomizmay takrorlaydi. Yuqori sinf o‘quvchilari esa buning teskarisi. Ular boshqa sayyoradan kelganmi? Yo‘q. Bular ham o‘shalar, aslida?

Demak, ustoz sekin-asta bolaning hurmatini oyoq osti qilib borgan. Oxir-oqibatda ustoz o‘zi o‘ylagan, kutgan darajadagi shaxs emasligini tushunib qolgan va bu nafratga aylanib ketgan. Xo‘sh, bunda kim aybdor? Kim bo‘lsa bordir, lekin o‘quvchi emas. Bola ustozdan o‘zi kutgan mehrni, e’tiborni ololmagach shu holga kelib qolgan. Balki, o‘qituvchi darsda barchaga e’tibor berishni uddalay olishi lozimdir. Hech kimni e’tiborsiz qoldirmaslik kerakdir! Shunday bir tizim yaratish lozimdir?

Hammasi yana pulga borib taqaladi

Kishining jamiyatdagi o‘rnini pul belgilaydigan bozor iqtisodi sharoitida yashayapmiz. Achchiq bo‘lsayam aytish lozim, Rossiyada qurilishda ishlab kelayotgan yigit, to‘rt yil o‘qigan o‘qituvchining oyligidan ikki barobar ko‘proq topayotgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan o‘qituvchining obro‘yi bo‘lmaydi.

Lekin, bu o‘qituvchining oyligi oshishi bilan hammasi iziga tushib ketadi, degani emas. Shunday qilinsa, o‘qituvchilar Amerikada ishlab kelayotganlarga qarab, "oyligimiz past", deb o‘tiraveradi. Globallashuv jarayonida yashayapmiz, axir.

O‘zini boshqalar bilan taqqoslayvergan odam yutqazadi. Bunga ishonish qiyin bo‘lsa-da, kasb romantikasini yaratishga urinib ko‘rish lozim. Bunga esa yaxshi, ommabop badiiy asarlar, filmlar, videofilmlar orqali erishish mumkin. Bu holatda kishini o‘ylantiradigani — ijodkorlar "davlat buyurtmasi" desa tavakkaldan cho‘chib, sovuqdan sovuq, rasmiy davralarda aytiladigan gaplardan tuzilgan, birov ko‘rmaydigan, hujjatli filmga monand asarlar yaratishadi.

Tenghuquqlilik tamoyiliga putur yetmasligi kerak

Taniqli ustoz Omonulla Ma’dayev o‘qituvchilarning obro‘yini ko‘tarish uchun erkak o‘qituvchilarning ish haqini oshirish kerak, degan fikrda. Aks holda ular ta’lim tizimidan ketib qolmoqda.

O‘ylashimcha, hukumat bu darajaga bormaydi. Chunki tenghuquqlilik tamoyiliga putur yetadi. Umuman, judayam ko‘pchilik shu fikrda. Buning asosida esa "ta’limda zo‘rlik ishlatilishi lozim, bolalar majburlab o‘qitilishi kerak", degan g‘oya yotadi. Albatta, "majburiy ta’lim" bo‘lgandan keyin majburash kerak-da! Shu o‘rinda "majburiy" deganini ustozlar boshqacha tushunyaptilar. Har holda bu o‘qimanganning burnini yerga ishqalash, degani emas.

Bolalarni o‘qishga majburlashni bas qilish fursati yetdi

O‘qimaganlarni yerga urib, xo‘rlayverish shart emas. Jamiyatga nafaqat bilimli, balki irodali, qaysar, o‘z fikrini boshqalarga uqtira oladiganlar ham kerak. Qolaversa, o‘qish jazolash vositasi bo‘lib qolgan ekan, bolalarda unga intilish pasayishi tabiiy hol. "Go‘shti sizniki, suyagi bizniki" deyilgan gapda ham, bola manfaati umuman aks etmaydi va bu shunisi bilan dahshatli.

Sovet ta’limida bir tizim bo‘lgan: o‘qimaydigan, "ikkichi"larni maktabdan olib, kasb-hunar o‘quv yurtlariga yuborishardi (negadir ushbu o‘zini oqlamagan holat butun milliy ta’lim tizimiga kadrlar tayyorlash milliy dasturi sifatida joriy etildi, lekin bu boshqa masala).

Balki, 9-sinfdan keyin o‘qishni istamaydiganlarni o‘qitmay qo‘ya qolish kerakdir? Yoki shu sinfdan so‘ng maktabda o‘qishni davom ettirish uchun imtihon topshirish belgilab qo‘yilar. Bir paytlar "12 yillik bepul ta’lim O‘zbekistondan boshqa biror bir davlatda yo‘q", deb maqtanish ko‘p bo‘lardi. Rostdan ham yo‘q bo‘lsa, o‘zini oqlamagandir? Bo‘lmasa bolalarini O‘zbekistonchalik o‘qimishli bo‘lishini isaydigan, bunga iqtisodiy imkoniyati ham yetarli davlatlar kammi? Sir emas-ku, lisey va kollejlar shunchaki rasmiyatchilik uchun faoliyat ko‘rsatish darajasiga tushib qolgan edi. O‘qishni istaganlarning hammasi repetitorga qatnaydi.

Oliy ta’lim tizimni tubdan o‘zgartirish lozim

Oliy ta’limda o‘qishga kirishning qiyinligi va o‘qib bitirishning deyarli majburiyligi tizimni izdan chiqarib, har xil salbiy holatlarga sabab bo‘lmoqda. Axir amal-taqal qilib o‘qishga kirilsa, albatta bitirib chiqadi. Tartib-qoidalarga amal qilsa yetarli. Mazkur tizimni tubdan o‘zgartirish va o‘qishga kirishni osonlashtirish, kvotalar sonini oshirish, o‘qishni esa qiyinlashtirish lozim.

O‘qishga kirganlarning hammasiyam diplom olishi shart emas. Fanlarni o‘zlashtirmaganlarni ayovsiz ravishda talabalar safidan chetlatish tartibi joriy etilsa, ko‘plab muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi. Faqat, yakuniy imtihonlarni ta’lim bergan o‘qituvchining o‘zi olmagani ma’qul. Unda "yaqindagina joriy etilgan, talablarning o‘zlashtirishi uchun domlalarning javobgarligi masalasi nima bo‘ladi?" degan savol tug‘iladi. Buning ham yo‘li bor — o‘qishdan chetlatilgan talaba uchun domlaning faoliyati baholanmasa bas. Chunki o‘qishni istamaslik domlaning faoliyatiga ta’sir qilmasin.

O‘qituvchilarning ish natijalarini baholash mezonlari ishlab chiqilishi lozim. Baholagandayam, bolalarning umrini o‘tkazib yuborib, chalasavod qilib bo‘lgandan keyin emas, muntazam, davriy ravishda. Yuqorida aytilgan baholash tartibi faqat oliy o‘quv yurtlari uchun.

Maktab o‘qituvchilari ham o‘z ishlariga javob bersa yaxshi bo‘lardi. Vrach noto‘g‘ri davolab, kimningdir hayotiga zomin bo‘lsa, javobgarlikka tortiladi, sudya adashib, noto‘ri hukm qilsa, jazo beriladi, jurnalist bilib-bilmay nimadir yozsa, jazolanadi…

Tergovchi birovga ayb qo‘yguncha, "ish"ni yuzlab odamlarning chig‘irig‘idan o‘tkazadi… Qisqasi, har qanday kasb egalari o‘z ishi uchun javobgar (hatto eng kam maosh oladigan farroshlar ham), faqat o‘qituvchigina o‘z ishi natijasiga javob bermaydi. Yigirma-o‘ttiz yillab bolalarga dars berib, bir-necha avlodni chalasavod qilib yuborayotgan o‘qituvchining mushugini birov "pisht" demaydi. To‘g‘ri, o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimi joriy etildi va bu ustozlarning noroziligiga sabab bo‘ldi (majburlab o‘qitish hatto ustozlargayam yoqmaydi, bolalarni-ku qo‘yaverasiz). Qolaversa, bu ularning ilmini oshirishga urinish edi, ishini baholash emas.

Bolalarni maktabga qaytarish lozim

To‘g‘ri, tushunamiz, bilamiz, bozor iqtisodi… Ota-ona farzandini yaxshiroq o‘qitishni xohlaydi. O‘qituvchilar esa qo‘shimcha daromad istagida. Oqibat — repetitorlik. Lekin repetitorlarning barchasiyam bilimli, o‘z ishining ustasi emas. Maktabda bo‘lgani kabi, bolalarni aldab yurganlari ko‘p…

Maktabdagi ustozning esa dars berish salohiyati, yuqorida aytilganday, baholab borilsa, ota-onaning maktabga ishonchi, bolaning esa mehri oshsa kerak.

Ota-onaning ham maktabga, ustozga ishonchini, o‘zaro hurmatni oshirish fursati kelgan

Ular bolasini yetaklab kelib, "ikki" qo‘ygan ustozni yer bilan bitta qilib ketish odatini bas qilmasalar, ta’limda o‘zgarish bo‘lmaydi. Buning ham o‘z sababi bor. Maktab jamg‘armasiga pul to‘lab qo‘ygandan keyin, iddao qiladi-da. Buning yomon tomoni — bir yonda ustoz pul so‘raydi, bir yonda ota-ona ustozni qarg‘agan, bola o‘rtada sarson. Shunday holatda o‘rtada o‘zaro ishonch va hurmat qolishiga umid yo‘q. O‘zi nima kerak shu "maktab fondi"? Nahotki sinfdagi to‘rtta tuvakgul, parda va bo‘yalgan pol o‘zaro hurmat, bolaning nozik ko‘nglidan ustun bo‘lsa.

Nazarimizda bola chiroyli xonada o‘tirib, ustozidan nafratlangandan ko‘ra, oddiy xonada ustozidan faxrlanib bilim olgani ma’qul.

Lekin faqat moddiylikka berilgan kattalarga buni uqtirib bo‘larmikan? Adog‘i yo‘q komissiyalarga maktabning emas, ta’limning holati muhimligini uqtirib bo‘ladimi?

Pul aralashgan joyda nozik tuyg‘ularga o‘rin qolmaydi. Hatto ta’limdayam shunday!

Xullas, tarixda ta’lim tizimi bolaning terisini-ku shilib olgan, hatto go‘shtigayam ega chiqqan ekan, endi ota-ona bunga rozi emas, ustoz-ku o‘sha tartibni qo‘msaydi, lekin mumkin emas. Demak kelishish, har ikki, yo‘q, uch tomonga ma’qul uslublar topilishi lozim.

Manba: sputniknews-uz.com

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.