"Universal Pictures" “Shrek” va “Etik kiygan mushuk” multfilmlarining davomini suratga oladi

"Universal Pictures" “Shrek” va “Etik kiygan mushuk” multfilmlarining davomini suratga oladi

"Universal Pictures" kinostudiyasi “Shrek” va “Etik kiygan mushuk” multfilmlarining davomini suratga oladigan bo‘ldi. Bu haqda “Irkit kamina” multfilmi prodyuseri Kristofer Meledandri "Variety" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Meledandrining aytishicha, u shunchaki sikvellar zanjiridan iborat bo‘lgan film emas, balki yangi kartina yaratishni niyat qilgan. Prodyuser bu yangi loyihasiga multfilmlarning oldingi variantida ovoz bergan aktyorlarning o‘zini jalb etmoqchi. Ular Eddi Merfi, Antonio Banderas va Mayk Mayerslardir.

Eslatamiz, 2016 yili "DreamWorks Animation" studiyasi rahbari Jeffri Katsenberg “Shrek” multfilmining beshinchi qismi 2019 yili prokatga chiqarilishini ma’lum qilgan edi. Filmning to‘rtinchi “Shrek hamisha” deb nomlangan qismi jahon ekranlaridagi namoyishlaridan 752 mln AQSh dollari foyda ko‘rdi. 2001 yildan buyon esa Shrek haqidagi har to‘rttala animasion film 2,9 mlrd dollar foyda keltirgan.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!