Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida «to‘liq» harbiy holat joriy qilindi

Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida «to‘liq» harbiy holat joriy qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin chegara hududlarida terrorchilik xavfi darajasini joriy etish muddatlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqdagi tegishli farmon imzolandi.

Qayd etilishicha, avvalroq terrorchilik tahdidi darajasi 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilanar edi, shu sababli uni doimiy ravishda uzaytirishga to‘g‘ri kelgan. Oxirgi marta u 20 yanvar kuni uzaytirilgan.

Bundan tashqari, Kreml rahbari hududiy tahdid rejimi o‘rnatilgan chegara hududlarida transportni tekshirish va nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Mashinalardan qurol va portlovchi moddalar qidiriladi.

Kreml quyidagi terrorchilik tahdidi darajalarini belgiladi:

- Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida mahalliy aholining harakatlanishini cheklashni nazarda tutuvchi harbiy holat joriy etildi;

- chegaradosh hududlarda, jumladan, bosib olingan Qrimda jamoat tartibini muhofaza qilish kuchaytirildi, transportda «maxsus rejim» joriy etildi, harakat erkinligi cheklandi, shuningdek, aholiga nisbatan «xavfsiz joylarga vaqtinchalik ko‘chirish» chorasi qo‘llaniladigan bo‘ldi;

- Rossiyaning Janubiy va Markaziy federal okruglari 18 ta hududida huquq-tartibot choralari kuchaytirildi, transport va energetika infratuzilmasi ob’ektlari uchun «maxsus rejim» joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 19 oktyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin vaqtincha bosib olingan hududlarda harbiy holat e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!