Zelenskiy Rossiyaning Ukrainadagi energetika ob’ektlariga bergan zarbasidan so‘ng ukrainalik muzokarachilarning faoliyati “mos ravishda qayta ko‘rib chiqilishini” ma’lum qildi.
Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya raketa va dronlar yordamida amalga oshirgan hujum natijasida Ukrainaning bir necha viloyatlarda energetika ob’ektlari jiddiy zarar ko‘rgan.
"Bu energetikaga qarshi yo‘naltirilgan hujum bo‘ldi va ballistik raketalar soni rekord darajada edi. Aslida, Rossiya armiyasi AQShning zarbalarni qisqa muddatga to‘xtatish haqidagi taklifidan diplomatiyani qo‘llab-quvvatlash uchun emas, shunchaki raketalarni to‘plab, eng sovuq kunlarni kutish uchun foydalandi", — deya fikr bildirdi Ukraina prezidenti.
"Har bir shunday zarba Moskvadagi munosabat o‘zgarmaganini tasdiqlaydi, ular hanuz urushga va Ukrainani yo‘q qilishga intilmoqda hamda diplomatiyani jiddiy qabul qilmayapti. Muzokara jamoamizning ishi shunga mos ravishda qayta ko‘rib chiqiladi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.