Oyga uchib ketayotgan "Orion" kemasida qiymati 23 mln dollarlik hojatxona buzilib qoldi
Bu haqda DW xabar berdi.
"Artemida-2" missiyasi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, uch erkak va bir ayoldan iborat ekipaj hojatxonadagi nosozlik haqida xabar berdi.
"Bizda hojatxonani boshqarish bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi", — deb tasdiqladi 3 aprel kuni ertalab NASA administratori yordamchisi Amit Kshatriya. Gap, ehtimol, tarixdagi eng qimmat hojatxona haqida ketmoqda, uni ishlab chiqish xarajatlari taxminan 23 million dollarni tashkil etgan.
Titan va 3D-printer yordamida tayyorlangan ushbu qurilma 1980-yillarda boshlangan vakuumli hojatxonalar tizimining eng so‘nggi namunasidir. Bungacha astronavtlar o‘z ehtiyojlarini maxsus paketlarga qondirishgan. Vaznsizlik sharoitida bu oson ish emas va ba’zan astronavtlarni asosiy ishdan chalg‘itgan.
"Tezroq, menga salfetka bering, bu yerda axlat uchib yuribdi!", — degan edi 1969 yildagi "Apollon-10" missiyasi paytida astronavt Tom Stafford o‘z ekipajiga.
Keyinchalik, 1972 yilda "Apollon-16" tarkibida Oyga uchgan Ken Mattingli bir paketni oldiga, boshqasini orqasiga yopishtirib, uchinchi paketdan sharbat ichganini so‘zlab bergan.
"Aslida men Marsga qadam qo‘ygan birinchi odam bo‘lmoqchi edim", — degan edi Mattingli, ammo o‘sha tajriba uni agar missiya Marsga "Apollon"da yo‘l olsa, bu u uchun "endi qiziq emasligiga" ishontirgan.
"Apollon" missiyalari yakunlangach, NASA o‘z hisobotlaridan birida chiqindilarni yo‘qotish tizimi ekipaj tomonidan "past baho" olganini qayd etgandi. Shundan so‘ng rahbariyat vaznsizlik sharoitida hojatxona muammosini hal qilishga kirishdi. Hozirda "Orion" kemasi bortidagi hojatxona yana normal tartibda ishlamoqda.
