Ukrainaga topshirilgan Storm Shadow raketalari nishonlarning 100 foizini urdi

Ukrainaga topshirilgan uzoq masofali Storm Shadow raketalari nishonlarning 100 foizini urdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov ma’lum qildi.
"Aytishim mumkinki, amalga oshirilgan uchirishlarning barchasi 100 foiz Bosh shtab tomonidan belgilangan nishonlarga tegdi. Raketa mutlaqo samarali", deb ta’kidladi vazir telemarafon efirida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)