Ukrainadagi mojaro Fransiya va Germaniya o‘rtasida chuqur kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi

Ukrainadagi mojaro Fransiya va Germaniya o‘rtasida chuqur kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi

Ular hali bunchalik qattiq janjallashib qolmagan edi

Bu haqda Foreign Policy sharhlovchisi Karolin de Gryuyter yozmoqda.

▪️“Parij Berlinni tanqid ostiga oldi. Nega nemislar yillar davomida Makronning takliflarini e’tiborsiz qoldirib, mustaqil harakat qila boshladi? Nega Shols Xitoyga yolg‘iz bordi? Nega GFR bu yil Fransiyaning Rafale’ga emas, Amerikaning F-35 qiruvchilariga buyurtma berdi?”.

▪️“Germaniyaning Fransiya bilan kelishilmagan holda to‘satdan bir tomonlama tashabbuslar ko‘tarayotgani Parij va Berlin o‘rtasidagi nozik muvozanatni buzmoqda”, – deydi de Gryuyter.

Kuzatuvchi iqtisodchi Jak Attalining mamlakatlar o‘rtasida “strategik kelishmovchiliklar” yuz bergani haqidagi maqolasini keltirib o‘tdi.

▪️“Fransiya va Germaniya o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuv yuzaga kelishi mumkin”, – deya xulosa qiladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!