Ukrainada urush boshlanganidan beri 1052 nafar bola yaralangan, 494 nafari halok bo‘lgan – Bosh prokuratura
Ukraina Bosh prokuraturasining xabar berishicha, urush boshlanganidan buyon mamlakatda 1052 nafar bola yaralangan, 494 nafari halok bo‘lgan.
So‘nggi 24 soat ichida prokurorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Xersonni rus armiyasi tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida sakkiz yoshli bitta qiz yaralangan.
831 nafar bola bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida, bundan tashqari, Ukraina hisob-kitoblariga ko‘ra, ruslar qariyb 19,5 ming bolani olib ketgan.
Ukraina Bosh prokuraturasi har kuni bolalar haqidagi hisobotlarni e’lon qiladi. Oxirgi marta o‘lgan bolalar, aniqrog‘i, voyaga yetmaganlar soni iyun oyi oxirida ko‘paygan, o‘shanda Kramatorskga raketa hujumi natijasida ikki 14 yoshli egizak opa-singil va ikki nafar 17 yoshli qiz halok bo‘lgan.
