"R-Travel & Tours" O‘zbekiston sho‘basining taqdimoti o‘tkazildi

"R-Travel & Tours" O‘zbekiston sho‘basining taqdimoti o‘tkazildi

Bugungi kunda yurtimizda “inbound” va “outbound” turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, mintaqaviy turizmni rivojlantirishda turizm bozori muhim o‘rin tutadi. Mintaqaviy turizm bozorining asosiy ob’ektlaridan biri – turistik xizmatlar hisoblanadi. O‘zbekistonda mintaqaviy turizm sohasini rivojlantirishni maqsad qilar ekanmiz, buni amalga oshirishga mintaqaviy jihatdan yondashish maqsadga muvofiqdir. Ayni shu maqsad yo‘lida bugun yurtimizda qator davlatlar bilan o‘zaro sayyohlik almashinuvini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

"R-Travel & Tours" O‘zbekiston sho‘basining ochilishi ham aynan bu borada olib borilgan ishlarning bir ko‘rinishi deyish mumkin. O‘zbekistonlik sayyohlarni Ozarbayjonning tarixi, madaniyati va umuman sayyohlik jozibasi bilan tanishtiradigan ushbu sho’baning faoliyati o‘zaro sayyohlar almashinuvida muhim yo‘nalishlardan biriga aylantirish ko‘zda tutilgan.

"SFS Global Trade” va "R-Travel & Tours" hamkorligi doirasida poytaxtimizdagi "Bentley" mehmonxonasida "R-Travel & Tours" O‘zbekiston sho‘basining taqdimot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonning 24 ta Turizm agentligidan menejerlar, shuningdek jurnalistlar, media xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni "R-Travel & Tours" turagentligining ta’sischisi Abulfat Husaynov, direktori Oynur Allazova va "SFS Global Trade” idora hay’ati raisi Sardor Keskin ochib berishdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, O‘zbekiston turizm vazirligi vakili Sardor Hakimov, Ozarbayjon Respublikasining Weydnam mehmonxonasi Turizm direktori Umar Shohin, Bentley mehmonxonasi direktori Metin Aydin ham maxsus mehmon sifatida ishtirok etib, o‘z so‘zlarida ushbu sho’baning ochilish ahamiyati haqida fikr mulohazalarini bildirdilar.

Ushbu do‘stona tarzda tashkil etilgan tadbir uchrashuvida O‘zbekistondagi qator sayyohlik kompaniyalari vakillari o‘’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mazkur tadbir yig‘ilganlar uchun "R-Travel & Tour"ning faoliyati bilan yaqindan tanishish, ma’lumot olish va shuningdek, o‘z taklif va mulohazalarini bildirish imkonini berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!