Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bu xabarlarni rad etdi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Gruziyaning Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan bu mamlakatda isyon tayyorlayotgani haqidagi bayonotini rad etdi.
Avvalroq Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati Ukraina harbiy razvedkasini Tbilisida "ommaviy tartibsizliklar" va Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i o‘rinbosari, general Georgiy Lortkipanidze boshchiligidagi "hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga" tayyorlashda ayblagan edi.
Bu ma’lumotlarni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Oleg Nikolenko rad etdi.
"Amaldagi Gruziya hukumati vakillari o‘zlarining ichki siyosiy muammolari uchun yana Ukrainani aybdor sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Ukraina davlati Gruziyaning ichki ishlariga aralashmagan, aralashmaydi va aralashishni rejalashtirmayapti" — deb ta’kidladi Nikolenko.