Ukraina Mudofaa vazirligi o‘z fuqarolarini G‘azodan evakuasiya qilish yakunlanganini ma’lum qildi

Ukraina Mudofaa vazirligi o‘z fuqarolarini G‘azodan evakuasiya qilish yakunlanganini ma’lum qildi

Ukraina G‘azo sektoridan evakuasiyani yakunladi va jami 304 nafar ukrainalikni olib chiqdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) xabar berdi.

“Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi G‘azo sektoridan fuqarolarimizni qutqarish operasiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani, natijada 315 kishi xavfli hududdan olib chiqildi: 304 nafar ukrainalik, 2 nafari falastinlik, 9 nafari Moldova fuqarolari”, - deyiladi GUR saytida chop etilgan xabarda.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, olib ketilganlar orasida jarohat olgan ikki kishi, saraton kasalligiga chalingan bemor, homilador ayol va anklavda Ukraina razvedkasi xodimlarini muvofiqlashtirgan ikki fuqaro ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!