O‘h-ho‘! KDRdagi qamoqdan 1000 ga yaqin xavfli jinoyatchilar qochib ketishdi

O‘h-ho‘! KDRdagi qamoqdan 1000 ga yaqin xavfli jinoyatchilar qochib ketishdi

Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Beni markaziy qamoqxonasidan 900 dan ortiq mahbuslar, shu jumladan, xavfli jinoyatchilar va terrorchilar qochib ketishdi.

Bu haqda Kongoning “Actualite” yangiliklar portali ma’lum qildi.

"Demokratik kuchlar alyansi (DKA) terroristik guruhi jangarilari Kangbayi qamoqxonasiga va shu bilan birga, uning yonida joylashgan armiya lageriga hujum qilib, qamoqxona maydoniga bostirib kirishdi va barcha kameralarni ochib, mahbuslarni ozod qilishdi" dedi Beni meri vazifasini bajaruvchi Modest Bakvanamaxa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxonada saqlangan 1000 dan ortiq mahkumlardan atigi 110 nafari qochishdan bosh tortgan va turgan joylarida qolishgan.

Beni ijtimoiy tashkiloti faollarining aytishiga qaraganda, Kangbayi qamoqxonasida hujum paytida 1500 mahbus, shu jumladan, tez orada bir qismi Kongo DRning boshqa hududlaridagi yuqori darajadali qamoqxonalarga o‘tkazilishi kutilgan DKA jangchilari bo‘lgan.

“Beni markaziy qamoqxonasiga hujum uyushtirib, u yerdan mahbuslar ozod qilish harakatlari tez-tez sodir etiladi, deb yozadi “Actualite”.

Xususan, 2017 yilning yozida “May-may” harakati jangarilari undan 930 mahbusni ozod qilib, 11 kishini o‘ldirishgan edi.

Demokratik kuchlar alyansi 1995 yilda Ugandaning g‘arbida mamlakat hukumatiga qarshi bo‘lgan islomiy guruh sifatida tashkil etilgan.

2003 yilda Uganda qurolli kuchlari zarbasi ostida DKA bo‘linmalari Kongoning sharqiy mintaqalaridan boshpana topishgan.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, DKA jangchilari 2019 yilning boshidan buyon sharqiy KDRda 1000 dan ortiq tinch aholini o‘ldirishgan.

Kongo xavfsizlik kuchlarining ta’kidlashicha, DKA rahbarlari so‘nggi yillarda xalqaro terroristik tashkilotlar, shu jumladan, Somalining "Ash-Shabab" islomiy guruhi bilan aloqalar o‘rnatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!