Ugandada fil sayyohning o‘limiga sabab bo‘ldi

Ugandada fil sayyohning o‘limiga sabab bo‘ldi

Ugandadagi milliy bog‘da fil Saudiya arabistonilik sayyohni bosib ketdi va natijada sayyoh vafot etdi.

Ugandaning shimoliy-g‘arbidagi milliy bog‘da fil saudiya arabistonilik sa yyohni bosib o‘ldirdi, deyiladi Independent nashri tarqatgan ma’lumotda.

Ushbu voqea seshanba kuni Murchison-Folls shaharchasida yuz berdi.

Mahalliy tabiatni muhofaza qilish xodimining so‘zlariga ko‘ra, vafot etgan sayyoh va uning uch nafar sherigi fillar hujumiga uchragan.

Qayd etilishicha, sayyoh o‘z avtomobilidan ancha uzoqda bo‘lgan va u g‘azablangan fildan qochishga ulgurmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!