UFC prezidenti Dana Uayt xotini bilan mushtlashdi (VIDEO)

UFC prezidenti Dana Uayt xotini bilan mushtlashdi (VIDEO)

UFC prezidenti Dana Uayt va uning rafiqasi Meksikadagi tungi klublardan birida mushtlashdi. Bu haqda TMZ Sports xabar bermoqda.

Turmush qurganiga 26 yil bo‘lgan Uayt xotiniga nimadir deganidan so‘ng ayoli uning yuziga urdi. So‘ng erkak ham javob qaytardi.

Guvohlarning aytishicha, er-xotin juda mast bo‘lgan. Qayd etilishicha, ular o‘rtasidagi mojaro tezda tugagan.

Uayt voqeani dahshatli deb atadi va erkakning ayolga qo‘l ko‘tarishi uchun hech qanday bahona yo‘qligini, ammo hozir uning o‘zi shunday vaziyatga tushib qolganini aytdi.

"Biz allaqachon bir-birimizdan kechirim so‘ragandik. Endi bizni ko‘proq uch nafar farzandimiz tashvishga solmoqda, ular bilan jangni muhokama qilganmiz", - deya qo‘shimcha qildi UFC rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!